Kishining ijtimoiy tarmoqlardagi barcha akkauntlarini qanday topish mumkin

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSotsialnie seti
Sotsialnie seti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fotosurat yordamida kishini qidirgandan birdaniga bir necha ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni topish mumkin, deydi ekspert.

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi "Intellektualniy Rezerv" kompaniyasi direktori Pavel Masoyedov "Praym" agentligiga bir kishi haqida barcha ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarni qanday topish mumkinligini xabar qildi. 

Masoyedov aytishiga qaraganda buning uchun unchalik ko‘p ma’lumot kerak bo‘lmaydi: ismi, sharifi, tug‘ilgan sanasi, shahar kerak bo‘ladi. Rasm bulsa bu ish ancha osonlashadi. 

"Agar fotosurat bo‘lsa, rasmlar bo‘yicha qidirish xizmatidan foydalanish mumkin, masalan Googleda shunaqa xizmat bor.  Odatda, odamlar o‘zlari chiroyli tushgan suratlardan bir necha ijtimoiy tarmoqlarda foydalanishadi - qayerdadir avatarkada, qayerdadir fotosuratlar bo‘lgan papkada", - deydi ekspert. 

Fotosurat orqali qidirgandan birdaniga bir necha ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni topish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar so‘nggi yillarda o‘ta ommalashib ketgan. Fotokamerali smartfonlar paydo bo‘lganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlar o‘ziga xos OAV, kundalik, xullas o‘z egasi haqida juda ko‘pa narsa aytib berishi mumkin bo‘lgan ulkan platformaga aylandi. Facebook va boshqa ayrim tarmoqla hatto vafot etgan kishilar ijtimoiy tarmoqlarini u kishining yaqinlari uchun me’ros sifatida saqlab qolish takliflarini bildirmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0