Jamiyat

Buzgʻunchi: "Afrosiyob" poyezdi yoʻliga tosh qoʻyib ketgan shaxs aniqlandi

Vыsokoskorostnoy elektropoyezd "Afrosiab"
Vыsokoskorostnoy elektropoyezd Afrosiab - Sputnik Oʻzbekiston
"Qarshi-Samarqand-Toshkent" yoʻnalishi harakatlanayotgan "Afrosiyob" tez yurar poyezdi yoʻliga buzgʻunchilik maqsadida tosh qoʻygan shaxs aniqlandi.

TOSHKENT, 16 okt - Sputnik. Samarqand viloyatida Afrosiyob tezyurar poyezdi harakatlanadigan temiryoʻl iziga tosh qoʻyib ketgan shaxs aniqlandi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

Maʼlum boʻlishicha, 12 oktyabr kuni IIBning Transport xavfsizlik boʻlimiga "Afrosiyob" tez yurar poyezdi "Qarshi-Samarqand-Toshkent" yoʻnalishi harakatlanayotgan vaqtda “Gumbaz-Maroqand” temir yoʻl bekatlari oraligʻida 3.741 km 7 piketida temir yoʻl izida tosh qoʻyilganligi haqida xabar kelib tushgan.

XTBB YPKB tomonidan oʻtkazilgan surishtiruv natijasida tosh boʻlagi qoʻygan shaxs 1980 yilda tugʻilgan, Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani "Jovulqosim" qishlogʻida yashovchi fuqaro N.SH. ekanligi aniqlangan. 

Ayni damda surishtiruv ishlari davom etmoqda. Gumondorning aybi tasdiqlangan taqdirda unga nisbatan jiddiy javobgarlik chorasi belgilanishi mumkin.

© GUVDUVD poymali cheloveka, kotorыy podlojil kamen na puti dvijeniya poyezda "Afrosiab"
Buzgʻunchi: Afrosiyob poyezdi yoʻliga tosh qoʻyib ketgan shaxs aniqlandi - Sputnik Oʻzbekiston
UVD poymali cheloveka, kotorыy podlojil kamen na puti dvijeniya poyezda "Afrosiab"
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala