Siyosat

Isteʼfo haqidagi qaror toʻgʻrimidi, buni tarix va vaqt koʻrsatadi, dedi Jeenbekov

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishPrezident Kыrgыzstana Sooronbay Jeenbekov
Prezident Kыrgыzstana Sooronbay Jeenbekov - Sputnik Oʻzbekiston
Isteʼfo bergan davlat rahbari Qirgʻizistonni huquqiy maydonga qaytarish uchun qoʻldan kelgan barcha harakatlarni amalga oshirishini aytdi.

TOSHKENT, 16 okt — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov "Ala-Archa" davlat qarorgohida boʻlib oʻtayotgan JK yigʻilishida oʻz isteʼfosi haqida eʼlon qildi.

Storonniki premyer-ministra Sadыra Japarova na mitinge u gostinitsы Issыk-Kul v Bishkeke, Kirgiziya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻiziston Parlamenti spikeri prezident vazifasini bajarishdan bosh tortdi

"Mana shu uch yil davomida menga ishonch bildirgan va qoʻllab-quvvatlagan barcha qirgʻizistonliklarga, birga ishlagan hukumatning barcha boʻgʻinlariga, davlat va mahalliy organlariga, oʻz apparatimga, fuqarolik jamiyatiga va media sohasiga ulkan minnatdorligimni bildiraman. Mamlakat va xalq taqdiri uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olgan yangi hukumatga muvaffaqiyatlar tilayman", - dedi Jeenbekov.

Parlamentariylar qarshisida qilgan chiqishi davomida Jeenbekov oʻzidan prezidentlik vakolatlarini sokit qilayotganini bildirdi.

Uning aytishicha, vaziyatni barqarorlashtirish uchun juda koʻp ishlar amalga oshirildi, shu bilan birga koʻpchilik, davlat uchun bunday murakkab bir vaziyatda prezident isteʼfo berishga haqli emasligi haqida fikrlarni bildirgan.

Storonniki premyer-ministra Sadыra Japarova na mitinge u gostinitsы Issыk-Kul v Bishkeke, Kirgiziya - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Jeenbekovning isteʼfoga chiqish bayonotidan soʻng Bishkek koʻchalarida nimalar roʻy bermoqda

"Ammo men uchun mamlakatimizning yaxlitligi, xalq birdamligi, jamiyatimizdagi totuvlik barchasidan ustun. Har bir fuqaro salomatligi, har bir yurtdoshimizning hayoti - men uchun eng qadrli. Men mamlakatimizdagi tinchlikni saqlash va jamiyatimizda parokandalik yuz bermasligi uchun prezident lavozimidan ketishga qaror qildim. Bu qaror toʻgʻri edimi - buni tarix va vaqt koʻrsatadi", - dedi Jeenbekov.

Jeenbekov Alloh va xalq oldida vijdoni pokligini aytdi, oʻtgan yillar davomida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan vaqtlarida orttirgan tajribani esa bundan keyin ham xalq manfaatlari yoʻlida ishlatish niyatidaligini maʼlum qildi.

Prezident nutqidan soʻng JK deputatlari Jeenbekovni tik turgan holda olqishlashdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala