Rublning dollarga nisbatan 20% qulashi bu ajoyib - Manturov

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri Rossii i SShA
Denejnie kupuri Rossii i SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, milliy valyuta kursi pasayishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni kamroq importga bog‘liq bo‘lishga undaydi va mahalliy xom-ashyo asosida ishlaydigan korxonalarga yutuq beradi.

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Rossiya Savdo va sanoat vaziri Denis Manturov Bloomberg nashriga bergan intervyusida rubl kursining pasayishi - bu "ajoyib", - deb atadi. RIA Novosti xabariga asosan. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, milliy valyuta kursi pasayishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni kamroq importga bog‘liq bo‘lishga undaydi va mahalliy xom-ashyo asosida ishlaydigan korxonalarga ustuvorlik beradi. 

"Yil boshidan buyon sodir bo‘lgan rublning salkim 20 % qadrsizlanishi - bu Rossiya kompaniyalari xorijiy mahsulotlarga muhtojligini kamaytirishga intilishi uchun yaxshi sharoit yaratadi", - dedi Manturov. 

Shuningdek Manturov hukumat tomonidan ham biznesni qo‘llab-quvvatlash choralari rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

"Biz inqiroz cho‘qqisi ortda qoldi deb umid qilamiz. Iqtisod ko‘p sohalarda juda tez tiklandi", - dedi Manturov. 

Milliy valyuta qadrsizlanishi neft narxining tushishi va Rossiyaga nisbatan sanksiyalar po‘pisasi oqibatida sodir bo‘ldi, deyilgan Bloomberg xabarida. Albatta koronavirus epidemiyasi ham bunga o‘z hissasini qo‘shdi. Lekin ikkinchi kvartalda susayishi kuzatilgan Rossiya iqtisodi yoz davomida o‘zini tiklab oldi. 

Yangiliklar lentasi
0