Qaysi davlatda qancha jo‘natma olish mumkin

Obuna bo‘lish
YeOII, MDH va YeI davlatlarida kishilar bir oy yoki bir kvartalda xorijdan necha so‘mlik jo‘natmalarni bojsiz olishlari mumkin?

O‘zbekistonda 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab xorijdan olinadigan jo‘natmalar qiymati 200 dollar va og‘irligi 10kg miqdorida cheklanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida yaqinda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasida aytib o‘tilgan. 

Yangi qonunda belgilanishiga ko‘ra, 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab bojxona to‘lovlarisiz olib kelinayotgan jo‘natmalar miqdorini 200 dollargacha kamaytirish rejalashtirilgan.

Qonun loyihasida aytilishiga ko‘ra, ushbu choralar mamlakatda tadbirkorlikni amalga oshirish uchun teng raqobatbardosh sharoit yaratish hamda yashirin iqtisod darajasini pasaytirish maqsadlarida amalga oshirilmoqda. 

YeOII, MDH va YeI davlatlarida kishilar bir oy yoki bir kvartalda xorijdan necha so‘mlik jo‘natmalarni bojsiz olishlari mumkin? Bu haqida batafsil infografikamizda tomosha qiling. 

Yangiliklar lentasi
0