Urushga sabab bo‘lgan qarama-qarshilik - Aliyev va Pashinyan bilan parallel intervyu

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishIntervyu I. Aliyeva i N. Pashinyana RIA Novosti
Intervyu I. Aliyeva i N. Pashinyana RIA Novosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qorabog‘ mojarosining negizi nimada - Dmitriy Kiselev Ozarbayjon prezidenti va Armaniston bosh vaziriga Qorabog‘ muammosiga doir 5ta bir xil savol bilan murojaat qildi.

Sentabr oyining oxiridan boshlab Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlar boshlanib ketdi. Unda ishtirok etayotgan ikkala tomon bir-biriga turli ayblovlar qo‘ymoqda.

“Rossiya Segodnya” Xalqaro axborot agentligi bosh direktori Dmitriy Kiselev Ozarbayjon prezidenti Ilxam Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga bir xil savollar bilan murojaat qildi.

- 27-sentabrdan buyon boshlangan jangovar harakatlar natijalarini qanday baholaysiz, qurbonlar, yo‘qotishlar va asirlar ko‘p bo‘ldimi?

Ilxam Aliyev: 27 sentabr kuni Ozarbayjonga navbatdagi hujum uyushtirildi. Bu so‘nggi uch oy ichida birinchisi emas edi. Ushbu davr mobaynida bizning tinch aholimiz va harbiylarimizga nisbatan bir necha hujumlar uyushtirildi. Biz yaqinda ana shunday diversant guruhlardan birining boshlig‘ini qo‘lga olidik. Hozir u ko‘rsatma bermoqda.  

Bugungi kunda biz tomondan tinch aholi orasida 43 ta qurbon, va 200ga yaqin yaralanganlar bor. Undan tashqari chegaraga yaqin hududda 2 mingdan ortiq uylar vayron qilingan. Harbiylar orasidagi yo‘qotishlarimizni janglar tugaganidan keyin ma’lum qilamiz. Men bilishimcha Armaniston tomondan yo‘qotishlar bir necha barobar ko‘p.

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishIntervyu I. Aliyeva i N. Pashinyana RIA Novosti
Urushga sabab bo‘lgan qarama-qarshilik - Aliyev va Pashinyan bilan parallel intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Intervyu I. Aliyeva i N. Pashinyana RIA Novosti

Nikol Pashinyan: Vaziyat juda murakkab, ikkala tomondan ham yo‘qotishlar ko‘p. Tog‘li Qorabog‘ mudofaa armiyasi o‘z hududini himoya qilishga bor kuchi bilan harakat qilmoqda. Ko‘pchillik fikriga ko‘ra, u yerda 21-asrning misli ko‘rilmagan urushi bo‘lmoqda. Unda tanklar, uchuvchisiz apparatlar, samolyot va vertolotlar, artilleriya va raketalardan foydalanilmoqda. Janglar juda keng ko‘lamda va shafqatsiz kechmoqda. Turkiya va Ozabayjonning Tog‘li Qorabog‘ni tezda egallab olish rejasi barbod bo‘ldi deyish mumkin.

- Biz janglarda ishtirok etayotgan Suriya yoki Lividan kelgan yollanma jangarilar haqida ko‘p eshitmoqdamiz. Bunga ishonish mumkinkmi?

Aliyev: Men bu haqida ko‘p marotaba aytdim. Bizga hech qanday xorijiy harbiylar kerak emas. O‘zimizning 100 ming askardan iborat armiyamiz bor. Kerak bo‘lsa undan ham ko‘paytirishimiz mumkin. Bugun bizning qurolli kuchlarimiz har qanday jangovar vazifani bajarishi mumkin. Biz faqatgina uchuvchisiz apparatlar yordamida raqibning 1 milliard dollarlik harbiy texnikasini yo‘q qildik. Buning videosini internetda topish mumkin. Ozarbayjon armiyasi imkoniyatlari – hech kimga sir emas. Bizda hech qanday yollanma jangarilar yo‘q – bu bizning rasmiy bayonotimiz.

Pashinyan: Bu haqida butun dunyo gapirmoqda. Suriyaliya jangari-terrorchilar Tog‘li Qoraboqqa qarshi janglarda ishtirok etmoqda Buning isbotlari ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan. Turkiya ushbu urushning bosh sponsori. Turkiya ushbu jangarilarni yollab Qorabog‘ hududiga olib kelgan. Turkiya yordamida ushbu urushni boshlashgan qaror qabul qilingan. Chunki Ozarbayjon armiyasi yakka o‘zi Tog‘li Qoraboqqa qarshi janglarda ishtirok etishga ojizlik qiladi.

Ayrim ma’lumotlarga qaraganda ushbu janglarda hatto Pokiston armiyasining maxsus bo‘linmalari ham ishtirok etmoqda. Ko‘plab xalqaro OAVlar bu haqida yozmoqda.

- 10-oktabrda Moskvada imzolangan tinchlik o‘rnatish shartnomasida 10 ta bazaviy prinsiplar aytib o‘tilgan. Shularni keltira olasizmi?

Aliyev: Ha, bu prinsiplar so‘nggi 10-yildan ortiq vaqt davomida muhokama qilib kelinmoqda. Armanistonning oldingi rahbariyati bilan biz ushbu prinsiplarning aksariyati borasida kelishuvga erishgan edik. Lekin Armaniston yangi rahbariyati hukumat boshiga kelganidan so‘ng, barcha oldingi kelishuvlar go‘yoki axlat qutisiga tashlangandek bo‘ldi. Ustiga-ustak muzokaralarga uchinchi tomon - Tog‘li Qorabog‘ni jalb qilishga urinish bo‘ldi. Bu taklifni biz ham, YeXHT Minsk guruhi ham rad etdi.

Tog‘li Qorabog‘dagi ahvol - Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjon va Armaniston Tog‘li Qorabog‘ hududida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

Bazaviy prinsiplar borasida – u yerda hammasi aniq va ravshan. Ozarbayjonning okkupatsiya  qilingan hududlarini bosqichma-bosqich ozod qilish belgilangan. Birinchi bosqichda – janubi sharqiy yo‘nalishdaga 5ta tuman, ikkinchi bosqichda – Tog‘li Qorabog‘ va Armaniston orasida joylashgan Lachin va Kelbodjar tumanlarini ozod qilish belgilangan.

Shuningdek, ozarbayjonlik qochqinlarni azaldan yashab kelgan Shushi va Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyatining boshqa tumanlari hududiga qaytarish belgilangan.

Undan tashqari Tog‘li Qorabog‘ning yakuniy maqomi tomonlar kelishuviga asosan belgilanishi ko‘rsatilgan. Shartnomaning asosiy prinsiplari – mana shu.

Prezident RF V. Putin provel soveshanie po ekonomicheskim voprosam - Sputnik O‘zbekiston
Putin Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi

Yangi Armaniston hukumati va bosh vaziri esa – bir  santimetr yerni ham qaytarib bermasliklarini aytishmoqda va Armaniston hudud uchun yangi urushga tayyorlanayotganini bir necha bor e’lon qilishgan. Biz tomonga po‘pisa va haqoratlar bir necha bor aytilgan.

Mening fikrimcha Armaniston tomoni vaziyatga sog‘lom baho berishlari kerak va kelishuvga muvofiq urushni to‘xtatishga harakat qilishlari kerak. Buning o‘rniga esa, Armaniston tomon shartnoma imzolanganganidan bir necha soat o‘tib tinch uxlayotgan Gandja shahrini bormbardimon qildi.

Pashinyan: Bu prinsiplarni hamma biladi: xalqlar o‘z taqdirini o‘zi hald qilish prinsipi, kuch ishlatmaslik va kuch bilan qo‘rqitmaslik prinsipi va territoriyalar butunligi prinsipi. Lekin muzokaralar davomida tomonlar ushbu prinsiplarni turlicha tushunishi ma’lum bo‘ldi. Hozir esa biz ushbu prinsiplardan eng muhimi buzilganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Bu – Tog‘li Qorabog‘ muammosini hal qilishda kuch ishlatmaslik va kuch bilan qo‘rqitmaslik prinsipi.     

- Gap kompromisslar haqida ketganda, siz qanday shartlarni qabul qilishga tayyorsiz va qanday shartlarga hech qachon rozi bo‘lmaysiz?  

Aliyev: Bizning pozitsiyamiz har doim konstruktiv va izchil bo‘lgan. U xalqaro huquq normalariga va BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga muvofiq bo‘lgan. Unda Armaniston harbiy kuchlarini bizga tegishli bo‘lgan hududlardan to‘liq va hech qanday shartlarsiz olib chiqish belgilangan.

Tog‘li Qorabog‘: mojaroning keskinlashuviga dunyo qanday munosabat bildirdi va kim olovga yog‘ quymoqda?  - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga qanday munosabat bildirildi va kim "olovga yog‘ quymoqda"?

Qizil chiziqlarga kelsak, biz bu borada ko‘p marta aytganmiz va Minsk guruhi bu haqida yaxshi biladi – hech qanday sharoitda Ozarbayjon hududi yaxlitligi buzilmasligi kerak, Ozarbayjon hech qachon Tog‘li Qorabog‘ning mustaqil deb e’lon qilinishiga rozi bo‘lmaydi.

Shu bilan bir vaqtda kelajakda ushbu hududda ham arman ham ozarbayjon jamoalari tinch-totuv yashashi ta’minlanishi kerak. Bugungi kunda Boku va Ozarbayjonning boshqa hududlarida ko‘plab armanlar tinch totuv yashayotganidek. Nega bunga Tog‘li Qorabog‘da erishib bo‘lmaydi?

Barcha etnik tozalashlar oqibatlari bartaraf etilishi va majburan ko‘chib ketganlar o‘z uylariga qaytishlari kerak.

Pashinyan: Shunday qizil chiziq albatta bor – bu Tog‘li Qorabog‘ aholisining o‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsipi. Armaniston albatta kompromislarga ham tayyor. Bizning eng katta kompromissimiz – “Qozon tashabbusi” doirasida ma’lum qilingan edi. Lekin Ozarbayjon bunga rozi bo‘lmadi. Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ xalqi o‘z taqdirini o‘zi hal qilishini istamaydi. Biz uchun esa bu “qizil chiziq”.

- Kechirasiz yana bir marta so‘ramoqchiman, siz qanday aniq kompromislarga rozisiz?  

Biz Ozarbayjon rozi bo‘lgan kompromislarga mutanosib(proporsional) kompromislarga  rozimiz.

- Bu urush tarixda o‘zining o‘ta shafqatsizligi bilan esda qoladigan bo‘ldi. Siz ham ushbu tarixdan qanday rahbar sifatida esda qolishni istagan bo‘lardingiz?

Aliyev: Bilasizmi, har qanday urush - bu shafqatsizlik, bu qurbonlar, bu yaqinlarni yo‘qotishdir. Lekin bugungi urush bu Ozarbayjon uchun - Xaloskorlik urushi bo‘lsa, Armaniston uchun bu - Bosqinchilik urushidir. Tog‘li Qorabog‘ning o‘z armiyasi yo‘q. Bu hech kim uchun sir emas, xalqaro kuzatuvchilar ham buni juda yaxshi biladi. U yerda 90% askarlar Armaniston fuqarolaridir. Shu o‘rinda savol tug‘iladi – ular Qorabog‘da nima qilmoqda?

Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev - Sputnik O‘zbekiston
Aliyev Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyatga sharh berdi

Ozarbayjonning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan hududlarida 30-yildan buyon Armaniston okkupatsion kuchlari turibdi. Buni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi: na xalqaro huquq normalari va na oddiy insoniy axloq bilan.

Shuning uchun ham bizning askarlar o‘z yerini xalos qilish yo‘lida qurbon bo‘lmoqda Armaniston askarlari esa – okkupatsiya qilingan hududlarni saqlab  qolish uchun qurbon bo‘lmoqda.

Tarixdagi o‘rin haqida gapirganda – men bu haqida hech qachon o‘ylamaganman. Hozir mening asosiy vazifam – xalq menga bildirgan ishonchini oqlash, Ozarbayjon hududiy yaxlitligini tiklash, mamlakatni rivojlantirish yo‘lidan olib borish. Mening tarixdagi o‘rnimni esa kelajakda xalqning o‘zi belgilaydi.  

Pashinyan: Bu qandaydir shaxsiy ambitsiyalar maslasi emas. Mening niyatim ushbu jarayon yakunida Qorabog‘ Muammosi yakuniy hal bo‘lsa. Kompromiss asosida. Biz barcha uchun to‘g‘ri keladigan yechimni topsak – Armaniston uchun ham, Tog‘li Qorabog‘ uchun ham Ozarbayjon uchun ham. Bu yakuniy yechim bo‘lardi.

- Men barcha savollarimni berib bo‘ldim. Biror nima qo‘shimcha qilmoqchi bo‘lsangiz marhamat.

Aliyev: Ushbu imkoniyat uchun rahmat, Rossiyaning ko‘p millionli auditoriyasiga o‘z so‘zlarimni yetkazmoqchiman. Men ular ushbu mojaroda Ozarbayjon pozitsiyasini yaxshiroq tushunishlarini istayman, chunki ba’zi hollarda turli fikrlarni eshitish mumkin.

Men faktlarga asoslanib, bu yerda nima bo‘layotganini tushuntirib bermoqchiman. 19-asr boshida Qorabog‘ va Shushi xoni Ibrohim Xalil Rossiya bilan general SiTSianov nomidan shartnoma tuzgan. Unga ko‘ra Qorabog‘ xonligi Rossiya tarkibiga kirgan. Ushbu shartnoma Kurekchay shartnomasi deb nomlanadi va uni internetdan topsa bo‘ladi. Ushbu shartnomada Qorabog‘da armanlar yashashi haqida biror so‘z aytilmagan.

Kontrolno-propusknoy punkt na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Bu urushdan hech kimga naf yo‘q: ekspert Armaniston va Ozarbayjon mojarosi haqida

Armanlarning ushbu hududga ko‘chib o‘tishi 1813 va 1828-yillardagi rus-fors urushlaridan so‘ng sodir bo‘lgan. Ushbu urushdan so‘ng armanlar Qoraboqqa ommaviy ko‘chib o‘tishni boshlagan. Bu Qorabog‘ tarixiy kimga tegishli ekani haqida.  

1918 yilda Rossiya Imperiyasi tugatilganidan so‘ng Ozarbayjon Respublikasi tashkil qilingan. Ozarbayjon tashkil qilinganidan so‘ng u Yerevan shahrini Armanistonga poytaxt qilib bergan. BU ham tarixiy fakt. 1921-yilda esa Tog‘li Qorabog‘ hududini Ozarbayjon tarkibida qoldirish haqida qaror qabul qilgan. Bular tarixiy faktlar.

Sobiq Ittifoq tarqalishi arafasida qanday voqealar sodir bo‘lganini ko‘pchillik yaxshi biladi deb o‘ylayman. Axir SSSR tarqalishida ham Tog‘li  Qorabog‘dagi separatizm - bu ulkan zambarak “tepkisining bosilishi” bo‘lgan edi.

Axir o‘sha vaqtlarda ham kimdir mitinglar tashkil qilgan, kimdir o‘sha voqealar ortida turgan edi. Hozir ko‘pchillik buni unutib qo‘ygan.

Armanskiy voyenniy strelyayet iz artilleriyskogo orudiya vo vremya boya s azerbaydjanskimi voyskami v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Qorabog‘ qopqoni – Armaniston va Ozabayjon unga qanday tushib qolishdi

Men ko‘pincha Pashinyan - bu Soros mahsuloti deyman. Soros anchadan beri shaxs emas tushunchaga aylangan. Buyuk davlatni yo‘q qilish uchun uning ichiga millatchilik, xalqlarning bir-biriga dushmanlik va separatizm urug‘larini ekishdi. Oqibatda shunday bo‘ldi ham.

Ozarbayjon va Rossiyani ko‘p yillik do‘stlik rishtalari bog‘lab turibdi. Hech qanday kuch bunga ta’sir qilmasligiga men ishonaman. Bugun biz turli kuchlar bunga ta’sir qilishga urinayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Lekin Rossiya va Ozarbayjon rahbariyatining oqilona va izchil siyosati tufayli biz orqaga ketish o‘rniga oldinga qarab yurmoqdamiz.

Pashinyan: Albatta. Birinchi savolingizga javob bergan vaqtimda, ushbu jarayonda Turkiya o‘z oldiga qo‘yayotgan maqsadlarga e’tiboringizni qaratdim. 20-asr boshidagi ma’lum voqealardan so‘ng. Turkiya Janubiy Kavkaz hududiga qaytishni va “armanlar genotsidi” siyosatini davom ettirishni orzu qilmoqda.  

Janubiy Kavkaz armanlari – bu Turkiyaning shimol tomon kengayishi yo‘lida qolgan yagona to‘siqdir. Bu Turkiyaning imperiya siyosatining davomidir. Mening bunga ishonchim komil.

Armaniston Mudofaa vazirligi jang bo‘lib o‘tgan joydan videolavha namoyish qildi - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘ - jang maydonidan videolavha

Bugungi kunda Janubiy Kavkazda sodir bo‘layotgan voqealarni Turkiyaning O‘rta-yer dengizi, Liviya, Suriya, va Iroqdagi siyosati doirasida qabul qilish kerak. Hozir bu yerda bo‘layotgan voqealar Tog‘li Qorabog‘ mahalliy mojarosi doirasidan chiqdi. Turkiya Janubiy Kavkazni yangidan bo‘lmoqchi va undan keyinchalik Shimol va Janub-sharq tomon yanada kengayish maqsadida foydalanmoqchi.

Men o‘ylashimcha bu yerda ko‘p  mamlakatlarning milliy manfaatlari bor, jumladan Rossiya Federatsiyasining ham.

Men yaqinda Checheniston va Dog‘istonda paydo bo‘lgan jangarilarni bekorga aytmadim. Suriya jangarilari u yerda qanday paydo bo‘lishdi? Mening ishonchim komil – ular Qorabog‘ mojarosi hududidan kelgan.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Shimoliy Kavkazda notinchlik uyg‘otish harakatlari bejizga bo‘layaptimi? Balkim bu Rossiya e’tiborini Tog‘li Qorabog‘dan chetga tortish uchun ataylab qilinayotgandir?

Yangiliklar lentasi
0