Xitoyda ilk bor muzlatilgan baliq o‘ramidan tirik COVID-19 topildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRiba na prilavke
Riba na prilavke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sindao shahrida COVID-19 qaytadan avj olib ketishi sababini tekshirish chog‘ida chetdan olib kelingan muzlatilgan treska balig‘i o‘rami ustida tirik koronavirus topilgan.

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Xitoy Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi dunyoda birinchi marta muzlatilgan dengiz mahsulotlari o‘ramidan tirik COVID-19 ni aniqladi. Bu haqda markaz ma’lumotlariga tayangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Mamlakat sharqidagi Sindao shahrida COVID-19 qaytadan avj olib ketishi sababini tekshirish chog‘ida mutaxassislar chetdan olib kelingan muzlatilgan treska balig‘i o‘rami ustida tirik koronavirusni topgan.

V Kazani zapustili proyekt po razrabotke vaksini ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusning yangi belgilari aytildi

“Bu muzlatilgan dengiz mahsulotlari o‘ramidan olingan musbat namunadan tirik virusning chiqarib olinishining dunyodagi birinchi holatidir. Bundan tashqari, bu o‘ram ustidagi tirik virus bilan aloqa yuqtirishga olib kelishi mumkinligini tasdiqladi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, yangi koronavirus muayan sharoitlarda uzoq vaqt davomida o‘ramda saqlanishi mumkinligi laboratoriyadan tashqarida tasdiqlanganining isbotidir.

Muayan sharoitlarda sathida virus bo‘lgan mahsulotlarga himoya vositasiz teginish uni yuqtirib olishga olib kelishi mumkin. Ushbu xavf guruhiga muzlatilgan mahsulotlar bilan ishlaydigan kishilar kiradi.

Shu bilan birga bunday holatda virusni yuqtirib olish xavfi pastdir, chunki xitoylik mutaxassislar ilgari biror marta ham muzlatilgan mahsulotlar o‘ramidan olingan musbat namunadan tirik virusni chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishmagan.

Markaz muzlatilgan mahsulotlar bilan ishlaydigan kishilarga mahsulotlar bilan ishlashda shaxsiy himoya vosita choralarga e’tibor qaratishni maslahat berdi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Sindao shahrida to‘rt kun ichida qariyb 10 millionta koronavirus testi o‘tkazilgan edi. Chunki shaharda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 12 ta yangi holat aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0