Dunyoda

COVID-19 ga PZR testi boʻlmagan oʻzbekistonlik Qozogʻistondan chiqarib yuborildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishMejdunarodnыy "Aeroport Astana"
Mejdunarodnыy Aeroport Astana - Sputnik Oʻzbekiston
Oltinchi oktyabrdan koronavirusga manfiy testi boʻlmagan xorijliklar Qozogʻistonga hududiga kiritilmaydi.

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Koronavirusga PZR usulida test topshirganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga ega boʻlmagan uch nafar chet ellik Qozogʻistondan chiqarib yuborildi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar qilmoqda.

Meditsinskiye rabotniki okazыvayut pomoщ patsiyentu s COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 63,4 mingdan oshdi

Qozogʻistonning transport bosh sanitar shifokori Sadvakas Baygabulovning soʻzlariga koʻra, ular Rossiya, Oʻzbekiston va Armaniston fuqarolaridir.

“Chet el fuqarolari Qozogʻistonga 19 oktyabrga oʻtar kechasi kelishdi. Yonlarida COVID-19 ga test topshirganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalari yoʻq edi. Bu ularning mamlakatdan chiqarib yuborilishiga sabab boʻldi”, - dedi u.

Qozogʻiston hukumati 5 oktyabrdan boshqa mamlakatlar bilan parvozlarni qayta tiklashni vaqtincha toʻxtatib qoʻyishga qaror qilgan. 6 oktyabrdan koronavirusga PZR usulida olingan manfiy testi boʻlmagan xorijliklar Qozogʻistonga hududiga kiritilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala