Migratsiya

Din va millatidan qatʼi nazar: Rossiyada migrantlar uchun yordam markazi ochildi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishInostrannыe grajdane proxodyat elektronnoye testirovaniye na znaniye russkogo yazыka
Inostrannыe grajdane proxodyat elektronnoye testirovaniye na znaniye russkogo yazыka - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Markazdan tashqari mehnat migrantlar uchun ishonch telefoni (8-800-550-32-03) ishga tushgan. Ushbu raqamlarga migrantlar dinlari va millatlaridan qatʼi nazar murojaat qilishlari mumkin.

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Rossiyada Migrantlarning huquqini himoya qiluvchi va madaniy moslashuvi markazi ochilmoqda.  Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Markaz Rossiya musulmonlari ulamolar kengashi huzurida tashkil etilgan. Markazdan tashqari mehnat migrantlar uchun ishonch telefoni (8-800-550-32-03) ishga tushgan. Ushbu raqamlarga migrantlar dinlari va millatlaridan qatʼi nazar murojaat qilishlari mumkin.

Rossiya musulmonlari ulamolar kengashi raisi Albir Krganovning soʻzlariga koʻra, loyiha Rossiyaning 18 ta mintaqasida amalga oshirilmoqda.

Migrantы ubirayut sneg v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Moskvada migrantlar yetishmasligi muammosi yuzaga keldi

“Bir necha hafta ichida koʻp tilli Rosmigrant.rf saytini ishga tushiramiz. U yerda migratsiya mavzusiga oid maʼlumotlar boʻladi, savollarga cherez WhatsApp, Viber yoki SMS orqali javob olish mumkin boʻladi”, - dedi Krganov

U Rossiyada noqonuniy boʻlib turgan migrantlarga Rossiya qonunchiligini tushunishga, qonunga binoan qonuniy boʻlishlariga yordam berish zarurligini taʼkidladi.

Krganov tez-tez bunday kishilardan foydalanishlari va chuv tushirishlarini qoʻshimcha qildi. Uning soʻzlariga koʻra, xorijliklarning oʻz huquqlarini himoya qilishi qiyin.

“Hammamiz bunday kishilarga qanday yordam berish kerakligi haqida oʻylaymiz, axir maqsad jarimaga tortish yoki kishini joʻnatib yuborish emas, yordam berishdir”, - deya rejalari bilan oʻrtoqlashdi muftiy.

Oʻz navbatida Rossiya musulmonlari ulamolar kengashi loyihani qoʻllab-quvvatlagan notijorat tashkilotlar, elchixonalar, IIV bilan hamkorlik qiladi.

Bularning barchasi ekstremizm va jinoyatchilikning oldini olishga, millatlararo va dinlararo munosabatlarni mustahkamlashga va rusiyzabon muhitda migrantlarning madaniy moslashishiga koʻmak beradi.

Yangiliklar lentasi
0