Impotensiya, prostatit va karlik - vrach COVID yangi alomatlari haqida

© REUTERS / Matias BagliettoMujchina i jenshina v meditsinskoy maske tansuyut tango v pochti pustom restorane v Buenos-Ayrese
Mujchina i jenshina v meditsinskoy maske tansuyut tango v pochti pustom restorane v Buenos-Ayrese - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik pulmonolog Purasevning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirgan kishi ko‘plab asoratlarga duch kelishi mumkin: buyrak, ichak va asab tizimi azob chekadi.

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan kishi ko‘plab asoratlarga duch kelishi mumkin: buyrak, ichak va asab tizimi azob chekadi, deb xabar beradi RBK pulmonolog Sergey Purasevga asosan.

Situatsiya v Gonkonge v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusning yangi alomati aytildi

Avvalroq London universiteti kolleji va Qirollik milliy gospitali olimlari COVID-19  kasalligining alomatlaridan biri sifatida quloqlarda shovqin va jaranglashdan shikoyat
- tinnitusni ta’kidlashdi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, qator davlatlarda koronavirusga chalingan bemorlarda eshitish qobiliyatini yo‘qotish holatlari qayd etilgan.

"Eshitish qobiliyatining buzilishi eshitish asab nevriti bilan bog‘liq. Dastlab u quloqlarda shovqin sifatida namoyon bo‘ladi va keyinchalik eshitish nervining parez va falaji bo‘lishi mumkin, odam eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin", - deydi Sergey Purasev.

Bundan tashqari, bemorlarda impotensiya va prostatit paydo bo‘lishi, shuningdek, ba’zi hollarda ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin, deb ta’kidladi vrach.

Shu bilan birga, RUDN universiteti yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti Sergey Voznesenskiy COVID-19ning eshitish qobiliyatini yo‘qotish kabi alomati haqida bilmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi yoki o‘tkir respiratorli infeksiyalar belgilari bilan, yoki nafas olish yetishmovchiligi va katta yoshdagilarda o‘tkir respirator distress-sindromi rivojlanishi bilan sodir bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0