Dunyoda

Masofadan turib ishlab eng katta maosh oladiganlar aniqlandi

© Pixabay / StartupStockPhotosRabota programmista
Rabota programmista  - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada masofadan turib ishlab eng katta maosh oladigan kasblar aniqlandi - aksariyati kompyuter dasturchilari va shunga yaqin sohalar.

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Rossiya mehnat bozorida masofadan turib ishlab, eng katta maosh oladigan kasblar sanab oʻtildi, RIA Novosti xabariga asosan.  

Rabota.ru portali maʼlumotiga koʻra, eng yuqori maosh 1S dasturchi-tahlilchisiga – 270 ming rubl (3500 $) taklif qilinmoqda. Nomzoddan kamida 4 yillik tajriba hamda 1S konfiguratsiyalaridan birini mukammal bilish va maʼlumotlar bazasi bilan ishlash koʻnikmalari talab qilinadi.

Ikkinchi oʻrinda, 200 ming rubl (2500$) maosh bilan Tashqi iqtisodiy-aloqalar menedjeri qidirilmoqda. Undan xorijdan wending avtomatlar sotib olish, ularni Rossiya hududiga olib kelish sxemasini tashkil qilish talab qilinadi. Nomzoddan 5 yillik tajriba va xorijiy tillarni bilish va muzokaralar olib borish tajribasi talab etiladi.

Press-konferentsiya na temu: Mashinochitayemыe zaщitnыe priznaki na rossiyskix banknotax - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada eng yuqori maosh toʻlanadigan ish oʻrinlari maʼlum qilindi

Sberavto backend-dasturchisiga – 180 ming rubl (2300$) taklif qilinmoqda. Undan dastur ishlab chiqish, Golang dasturlash tilini bilish hamda Docker va Kubernetes dasturlaridan foydalanish tajribasi talab qilinadi.

Yuqori malakali Html-dasturchiga – 140 ming rubl taklif qilinmoqda. Undan 3 yillik tajriba, HTML5 va CSS3 tillarini bilish talab etiladi.

Shuningdek masofadan turib ishlash imkoniyati UX/UI veb dizayn kurslari oʻqituvchilariga ham taklif qilinmoqda. Ushbu sohada 3 yildan ortiq tajribasi boʻlgan nomzodlarga 100 mingdan ortiq maosh taklif qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala