Dunyoda

Moskvada koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachon boshlanishi aytildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishVaktsinatsiya
Vaktsinatsiya  - Sputnik Oʻzbekiston
Moskva meri Sergey Sobyanin aholini ommaviy emlash “pandemiya ustidan uzil-kesil gʻalaba” boʻlishini qoʻshimcha qilgan.

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Moskvada koronavirusga qarshi ommaviy emlash dekabr-yanvarda boshlanadi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin maʼlum qildi.

Vaktsinatsiya dobrovoltsev protiv COVID-19 v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
RFA prezidenti koronavirus ustidan gʻalaba qozonish omilini aytdi

Uning soʻzlariga koʻra, noyabr oyida Moskva koronavirusga qarshi vaktsinaning maʼlum darajadagi birinchi partiyasini olishni rejalashtirmoqda.

“Dekabr-yanvarda aholini ommaviy emlashni boshlaymiz”, - deyilgan xabarda.

Sobyanin ommaviy emlash “pandemiya ustidan uzil-kesil gʻalaba” boʻlishini qoʻshimcha qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaktsina roʻyxatga olingan: Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan “Sputnik V” va “Vektor” markazining “EpiVakKorona” vaktsinalari. Bundan tashqari, Chumakov nomidagi Ilmiy markaz tomonidan ham yangi vaktsina ustida ish olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala