Dunyoda

Muzlatgich kattaligidagi asteroid Yerga tushishi mumkin

© NASAAsteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoye foto
Asteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
AQShda saylovlari kuni arafasida asteroid Yer bilan toʻqnashishi mumkin - amerikalik astrofizik Nil Degrass Tayson.

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik. Muzlatgich kattaligida boʻlgan asteroid Yerga AQShda prezident saylovlari oʻtadigan sanadan bir kun oldin tushishi mumkin. Bu haqda amerikalik astrofizik Nil Degrass Tayson maʼlum qildi.

Kosmonavtы Roskosmosa Anton Shkaplerov i Aleksandr Misurkin vo vremya vыxoda v otkrыtыy kosmos - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyalik fazogir kosmosda 5 ta sirli obʼyektni videoga oldi

“Muzlatgich kattaligida boʻlgan 2018VP1 fazoviy tosh biz tomon soatiga 25 ming mil (40,2 ming km/s) tezlik bilan yaqinlashmoqda. U Yer bilan prezident saylovlaridan bir kun oldin – 2 noyabrda toʻqnashishi mumkin”,  - deb yozgan olim Instagram’ sahifasida.

Taysonning taʼkidlashicha, bunday oʻlchamdagi asteroid katta ziyon yetkazmaydi.

Avgustda NASA 2018 VP1 asteroidi 2 noyabr soat 18.33da Yerga minimal masofaga yaqinlashishini maʼlum qilgan. NASA maʼlumotlariga koʻra, fazoviy jism Yerdan 384 ming km uzoqlikda uchib oʻtadi. Asteroidning Yer atmosferasiga kirishi ehtimoli 240tadan bittani yoki 0,41 foizni tashkil qiladi. 

Asteroid 2018 VP1  2018 yil 3 noyabrda ochilgan. U harakatlanish yoʻnalishi Yer orbitasini kesib oʻtuvchi “Appolon” asteroidlar guruhiga kiradi.

AQSH prezident saylovlari 3 noyabr kuni oʻtkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala