O‘zbekistonda koronavirus: 19-oktabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMeditsinskie perchatki na rukax mujchini
Meditsinskie perchatki na rukax mujchini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 220 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 63 523 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Mejdunarodniy Aeroport Astana - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19 ga PZR testi bo‘lmagan o‘zbekistonlik Qozog‘istondan chiqarib yuborildi

Bir sutka davomida 220 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 62 588  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 77 nafari Toshkent shahrida, 10 nafari Toshkent viloyatida, 6 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 203 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 60 604 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.

Ayni paytda 2 388 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 531 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Zangiotadagi shifoxonada vafot etganlarni yaqinlariga berish tartibi

Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida vafot etganlarning jasadi berilishini qarindoshlari muassasa eshigi oldida uzoq vaqt kutib qolayotgani to‘g‘risida video va matnli axborotlar tarqalmoqda. Bu holat bo‘yicha Respublika patologik anatomiya markazi direktori, SSV bosh patologoanatomi, professor Rajabboy Israilov quyidagicha izoh beradi:

— Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida joriy yilning 1-avgust kunidan boshlab patologik anatomiya bo‘limi faoliyati tashkil etildi. Endilikda, ortiqcha ovoragarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shifoxonada vafot etganlarning mayitini qarindoshlari ushbu bo‘limdan olib ketishlari mumkin. Bundan avval mayit Respublika patologik anatomiya markaziga olib borilardi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 28-martdagi “Koronavirus kasalligi bilan ro‘yxatga olingan yoki gumon qilinib, vafot etgan bemorlar jasadini dafn etishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha vaqtincha qoidalar”ga asosan, o‘lim sodir bo‘lgan bo‘limda 2 soat saqlanib, shundan so‘nggina patologik anatomiya bo‘limiga olib kelinadi. Keyin murda ro‘yxatdan o‘tkazilib, 3 foizli xlorli eritmada zarasizlantiriladi, murdaning diniy e’tiqodiga ko‘ra, yuvilib (kafanlanib yoki kiyintirib) qarishdoshlariga topshiriladi. Tabiiyki, bu amaliyotlar o‘tkazilishi uchun o‘rtacha 3-4 soat vaqt talab etiladi. Bu vaqtda qarindoshlar muassasa eshigi tagida kutib qolmoqda.

Vaksinatsiya  - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachon boshlanishi aytildi

Shuningdek, tarqatilayotgan video, matnli xabarlarda “Koronavirusdan vafot etgan murdalarni olib ketishda navbat kutuvchilar shuncha bo‘lsa, ularning sonini statistika nega kam berapti?” degan mulohaza ham mavjud.

Patologik anatomiya bo‘limi eshigi oldida kutib turgan odamlarning ko‘pligining sababi aslida bir nafar murdani olib ketish uchun kamida 4 nafar qarindoshi keladi, bu esa o‘z-o‘zidan fuqarolarni vahimaga tushishiga sababchi bo‘lmoqda. Qayd etish joizki, statistika ma’lumotlarini soxtalashtirishdan hech kim manfaatdor emas.

Ma’lumki, Zangiota tumanidagi yuqumlik asalliklar shifoxonasida nafaqat koronavirus bilan kasallanganlar, balki boshqa turdagi o‘tkir infeksiya va pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlar ham davolanmoqda. Koronavirusdan vafot etganlar statistikasida faqat “COVID-19” diagnozi virusologik tekshiruvda tasdiqlanganlar soni beriladi, lekin bu shifoxonada pnevmoniya va boshqa infeksion kasalliklardan ham vafot etayotganlar bor. Tabiiyki, ular koronavirus statistikasiga kiritilmaydi.

Meditsinskie rabotniki okazivayut pomosh patsiyentu s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 63,4 mingdan oshdi

Shuningdek, ushbu shifoxonadagi patologoanatomik bo‘limi yanada takomillashtirilib, kechki navbatchilikni ham tashkil qilish va tungi vaqtlarda mayitni qarindoshlariga topshirish imkonini yaratish rejalashtirilmoqda.

Zangiota shifoxonasi atrofida tobut tashiydigan mashinalar narxlarni 700 mingdan boshlab ko‘tarib yuborgan” degan xabarlarga esa, quyidagicha izoh berish mumkin. Jasadlarni yetkazib berish Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika patologik anatomiya markazi zimmasida emas. Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi darvozasi oldida dafn etish marosimini tashkil qiluvchi xususiy tashkilotlar jasadni tashib berishni taklif qilishmoqda. Ularning o‘z xizmatlari uchun belgilagan narxlarini nazorat qilish Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika patologik anatomiya markazi vakolatiga kirmaydi, — deydi Rajabboy Israilov.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 40,3 milliondan oshdi, 1,1 million ortiq kishi vafot etdi, 30,1 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (8,4 mln), Hindistonda (7,6 mln), Braziliyada (5,2 mln).

Yangiliklar lentasi
0