TOSHKENT, 19 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev jurnalist Bobomurod Abdullayevga uy sovgʻa qildi. Bu haqida jurnalist oʻz sahifasida xabar qildi.
"Shu yil 8 sentyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev menga Toshkentdagi "Grin Park" turar joy majmuasidan yangi uch xonali kvartirani ichidagi barcha jihoz va maishiy texnikasi bilan birga hadya qildilar", - deb yozgan jurnalist
Eslatib oʻtamiz, 2017yilda Bobomurod Abdullayev va yana 3kishi Oʻzbekiston JKning 159 moddasining 4-bandiga koʻra (Davlat toʻntarishga urinish) aybdor deb topilgan edi. Bir necha oy davom etgan tergovdan soʻng sud Hamdamovni ozodlikka chiqargan edi.