Toshkentda 10 metrli kabob pishirildi - video

Obuna bo‘lish
Rekord o‘lchamdagi qiyma-kabob pishirish uchun 38 kilogram farsh 15 minut vaqt hamda bir necha tajribali oshpaz kerak bo‘ldi.

Toshkentdagi "Navro‘z" bog‘ida bo‘lib o‘tgan gastronomik festival doirasida 10 metrli kabob pishirildi. Bu mahalliy miqyosdagi rekord bo‘ldi. 

10 metrli qiyma-kabob pishirish uchun 38 kilogram farsh va bor-yo‘g‘i  15 minut kutish kerak bo‘ldi. Kabob hamm atomondan yaxshi pishishi uchun bir necha tajribali oshpazlar diqqat bilan ishlashdi. 

Kabobni pishirish jarayonida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi va bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ham ishtirok etdi. 

Tayyor bo‘lgan kabob Navro‘z bog‘i mehmonlari orasida tarqatildi. 

Yangiliklar lentasi
0