Rossiya

“Sputnik V” vaktsinasi qaysi xorijiy davlatlarda ishlab chiqariladi

© RFPI i Tsentr imeni Gamalei / Fotobankka oʻtishPervaya v mire vaktsina ot koronavirusa
Pervaya v mire vaktsina ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasini beshta xorijiy davlatda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini beshta xorijiy davlatda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi rahbari Kirill Dmitriyev maʼlum qildi.

“Joriy yil dekabrida katta hajmlarda yetkazib bera olishimizni tasdiqlaymiz. Vaktsinani Hindiston, Braziliya, Koreya, Xitoy va yana bir mamlakatda ishlab chiqaramiz”, - dedi u. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Vaktsina ot koronavirusa EpiVakKorona - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaktsina roʻyxatga olindi

Dmitriyev mahalliy tartibga soluvchilar Rossiya vaktsinasini qanchalik tez maʼqullashi borasidagi masala borligini taʼkidladi. Qolaversa, tartibga soluvlar vaktsina sinovlari oʻtkazilayotgan mamlakatlar maʼlumotlaridan foydalanishlari muhimdir.

Shuningdek, Dmitriyev Argentina va Peru bilan “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berish toʻgʻrisidagi bitim imzolanganini maʼlum qildi.

“Dekabrdayoq Lotin Amerikasiga yetkazib berishni boshlay olamiz deb hisoblaymiz”, - deya qoʻshimcha qildi u.

Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini avgust oyida roʻyxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda. Vaktsinaning roʻyxatdan oʻtkazilgan keyingi sinovlari Rossiyadan tashqari Belarus, Venesuela va BAAda oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala