AQSh Moldaviya uchun "inqilobiy" ssenariy tayyorlamoqda – Narishkin

© Sputnik / Ruslan Shalapuda / Mediabankka o‘tishAksii protesta v Kishineve
Aksii protesta v Kishineve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Rangli inqiloblar” bo‘yicha AQSh ekspertlar Moldaviyaga borishga hozirlik ko‘rmoqda - Rossiya tashqi razvedka xizmati direktori.

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. AQSh Moldaviyada prezidentlik saylovlaridan so‘ng ushbu davlat uchun inqilobiy ssenariy tayyorlamoqda, dedi Rossiya tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin.

“AQSh Rossiya chegaralari yaqinida Moskvaga do‘stona davlatlarning ichki ishlariga tortinmasdan aralashishni davom ettirmoqda. Saylovdan keyingi vaziyatga Belarus va Qirg‘izistonda ta’sir o‘tkazishga qo‘pol urinishlar qilinmoqda. Keyingi nishon - Moldaviya", - dedi u.

Vashington respublikaning amaldagi rahbari Igor Dodon "MDH davlatlari, shu jumladan Rossiya bilan konstruktiv aloqalarni olib borayotgani" uchun ma’qul kelmayapti, deydi Narishkin. Shu sababli "rangli inqiloblar" bo‘yicha bir guruh amerikalik ekspertlar ovoz berish arafasida Moldovaga jo‘nab ketishga hozirlik ko‘rmoqda.

"AQSh Davlat departamenti Kishinyovdagi elchixonasiga qayta saylangan taqdirda (Dodon - tahr.) ovoz berish natijalarini bekor qilishni talab qilgan holda ommaviy norozilik namoyishlari uyushtirish maqsadida muxolifatni tayyorlashni buyurdi", - dedi TRX rahbari.

Moldaviyada 1-noyabrda saylovlarni o‘tkazish rejalashtirilgan, prezidentlikka 8 nomzod da’vogarlik qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0