Jamiyat

Firibgarlarga chuv tushgan fuqarolar Bosh prokuratura oldida piket uyushtirishdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishKursы valyut
Kursы valyut - Sputnik Oʻzbekiston
Qayd etilishicha, fuqarolar Aleksey Meng va A.Molotyagin boshchiligidagi International Consulting Group platformasiga sarmoya kiritgan va firibgarlik harakatlari oqibatida moddiy zarar koʻrgan. Shu sababli ular namoyishni tashkil qilgan

TOSHKENT, 20 okt - Sputnik. Joriy yilning 18 oktyabr kuni Bosh prokuraturaning fuqarolar qabulxonasi oldida bir guruh fuqarolar yigʻilib piket uyushtirgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qilgan.

Dveri SIZO - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
"Ming dollarga ish": Jizzaxda odamlarga turli lavozimlarni pullagan firibgar qoʻlga olindi

Qayd etilishicha, mazkur fuqarolar Aleksey Meng va A.Molotyagin boshchiligidagi International Consulting Group platformasiga sarmoya kiritgan va firibgarlik harakatlari oqibatida moddiy zarar koʻrgan. Shu sababli ular namoyishni tashkil qilgan. Ushbu tadbirda ishtirok etgan fuqarolardan jami 33 ta murojaat qabul qilingan.

Bosh prokuratura xabariga koʻra, Aleksey Meng va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan firibgarlik) bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi hozirda Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi ish yurituvida.

Bayonotda aytilishicha, fuqarolar tomonidan berilgan murojaatlar jinoyat ishiga qoʻshib, oʻz vaqtida va obʼyektiv koʻrilishi Bosh prokuratura nazoratiga olingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala