Indoneziya AQSh samolyotlarini qabul qilishdan voz kechdi

Obuna bo‘lish
Indoneziya AQSh va Xitoy orasidagi raqobatga aralashishni mutlaq istamaydi, shu sababli AQSh razvedkachi samolyotlarini qabul qilishdan bosh tortgan.

TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Indoneziya AQShning P-8 "Poseydon" harbiy razvedka samolyotlarni o‘z hududida qo‘nishi va yonilg‘i quyish haqidagi murojaatiga rad javobi berdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Ma’lum bo‘lishicha iyul va avgust oylarida AQSh “yuqori darjada” Indoneziya tashqi ishlar vaziriga ushbu masala borasida bir necha marotaba murojaat qilgan, lekin mamlakat prezidenti Joko Vidodo bunga rad javobini bergan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, AQSh va Xitoy orasida munosabatlar keskinlashgan vaziyatda ushbu taklif Indoneziya rahbariyatini “hayron qoldirgan”. Indoneziya  uzoq vaqtdan buyon tashqi siyosatda neytral pozitsiyada harakat qilmoqda va xorijiy harbiylarning o‘z hududida harakat qilishiga yo‘l qo‘ymagan.

Tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi bayonotiga ko‘ra, Indoneziya ikki davlat orasidagi raqobatga aralashishni mutlaq istamaydi.

Yangiliklar lentasi
0