Siyosat

Mirziyoyev AQSH generali Makkenzini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev prinyal komanduyuщego Tsentralnыm komandovaniyem Voorujennыx sil SSHA generala Kenneta Makkenzi
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal komanduyuщego Tsentralnыm komandovaniyem Voorujennыx sil SSHA generala Kenneta Makkenzi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalari ham koʻrib chiqildi, deyiladi xabarda.

TOSHKENT, 20 okt - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni general Kennet Makkenzini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Boyeviki Taliban, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Toliblar tinchlikni emas, hokimiyatni istaydi": Afgʻonistonda xalq harakati kuch olmoqda

"Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-AQSH munosabatlari va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar hamda global xatarlarga qarshi kurashish mavzulariga alohida eʼtibor qaratildi.
Ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalari ham koʻrib chiqildi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, suhbat davomida Afgʻonistonda tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlash hamda ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga amaliy koʻmak koʻrsatish yuzasidan fikr almashilgan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGeneral Kennet Makkenzi
Mirziyoyev AQSH generali Makkenzini qabul qildi - Sputnik Oʻzbekiston
General Kennet Makkenzi

General Makkenzi Oʻzbekiston prezidentiga uchrashuv uchun samimiy minnatdorlik bildirib, AQSH mamlakatlar oʻrtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, keng koʻlamli hamkorlikni kengaytirish borasida qatʼiy ekanini taʼkidlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala