Moskvada qaysi respublika haydovchilari eng ko‘p YTH sodir etishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishReyd po proverke taksi v Moskve
Reyd po proverke taksi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YTHga sabab bo‘layotgan eng ko‘p holatlar - bu avtomobillar orasida masofani saqlamaslik, navbatga amal qilmaslik va tezlikni oshirish.

TOShKENT, 20 okt - Sputnik. Moskvada odamlar jarohat olgan YTHlarning 40 %idan ortig‘ini MDH davlatlaridan kelgan taksi haydovchilari sodir etadi, dedi shahar Transport bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Dmitriy Pronin. Rossiya fuqarolari esa 57%ni tashkil qiladi. 

Odamlar jarohati bilan yakunlangan YTH ishtirokchisi bo‘lgan taksi haydovchisining ijtimoiy surati quyidagicha: 57% - Rossiya fuqarolari, 43 % -MDH fuqarolari. Ulardan 27% - Qirg‘izistonlik haydovchilar, 6% - Tojikistonlik va 4% - O‘zbekistonlik haydovchilardir", - dedi Pronin. 

Transport amaldorining so‘zlariga ko‘ra, YTHga sabab bo‘ladigan eng ko‘p holatlar - bu avtomobillar orasida masofani saqlamaslik oqibatida kelib chiqadi. 

Shuningdek, 17% avariyalar chorrahalarda navbatga amal qilmaslik, 11 % avariyalar - tezlikni oshirish oqibatida kelib chiqadi. 

Yangiliklar lentasi
0