Rossiya

Rossiyada rekord darajada COVID-19 bilan kasallanish qayd etildi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishMeditsinskiy rabotnik
Meditsinskiy rabotnik  - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada bir kunda 16 319 kishida virus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 1,4 milliondan oshib ketdi.

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Oʻtgan kun davomida Rossiyada 16 319 ta koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Bu pandemiya boshlangan buyon rekord darajada kasallanishdir.  

Vaktsinatsiya  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Moskvada koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachon boshlanishi aytildi

Eng koʻp kasallanish Moskva (4999), Sankt-Peterburg (693) va Moskva viloyatida (426) qayd etilgan.

Shu tariqa Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1,4 milliondan oshgan. Shulardan 1 085 608 nafari tuzalib ketgan. 24 635 kishi virus qurboniga aylangan.

Worldometers maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻylab 40,7 milliondan ziyod kishi yangi koronavirus bilan kasallangan. Qurbonlar soni 1,1 milliondan oshgan. Eng koʻp kasallanish AQSH (8,4 mln), Hindiston (7,5 mln), Braziliya (5,2 mln), Rossiya (1,4 mln) va Ispaniya (1 mln) va Argentinada (1 mln) qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala