Toshkent viloyatida ketma-ket uchta uyda yong‘in sodir bo‘ldi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishRabota sotrudnikov pojarnoy slujbi
Rabota sotrudnikov pojarnoy slujbi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘in hodisasi uylarning 400 kv. m. qismiga zarar yetkazgan. Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar aniqlanmagan.

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi uchta xonadonda sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Pojar na sklade Tashkentskogo regionalnogo xlopkovogo terminala - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi bozorlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

“Aloqa” MFY hududida soat 07:19 da bir necha daqiqa farqi bilan qo‘shni bo‘lgan uchta uyda ketma-ket yong‘in sodir bo‘lgan

Voqea joyiga zudlik bilan Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari yetib kelgan. Soat 08:05 da yong‘in o‘rab olingan bo‘lsa, 08:33 da uni to‘liq bartaraf qilishga erishilgan.

Yong‘in hodisasi uylarning 400 kv. m. qismiga zarar yetkazgan. Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar aniqlanmagan.

Yangiliklar lentasi
0