Dunyoda

AstraZeneca vaktsinasi sinovlarida qatnashgan koʻngilli vafot etdi

© AFP 2018 / VINCENZO PINTOLaborantы obrabatыvayut flakonы dlya novoy vaktsinы ot koronavirusa AstraZeneca
Laborantы obrabatыvayut flakonы dlya novoy vaktsinы ot koronavirusa AstraZeneca - Sputnik Oʻzbekiston
Hujjatda "etik mulohazalar va maxfiylilik sabablari tufayli" oʻlim sabablari ochiqlanmagan, shuningdek, koʻngilli platsebo yoki faol preparat olganligi haqida ham maʼlumotlar keltirilmagan.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Braziliya sogʻliqni nazorat qilish boʻyicha milliy agentligi - Anvisa - Britaniya AstraZeneca kompaniyasi va Oksford universitetining koronavirusga qarshi vaktsinasi sinovlarida ishtirok etgan Braziliya fuqarosi vafot etganligi haqida xabar berdi.

V Zabaykalye postupila test-sistema dlya opredeleniya antigena koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirusga qarshi AstraZeneca vaktsinasi sinovlari toʻxtatildi

Nazorat organi bayonoti G1 portalida eʼlon qilingan.

Hujjatda "etik mulohazalar va maxfiylilik sabablari tufayli" oʻlim sabablari ochiqlanmagan, shuningdek, koʻngilli platsebo yoki faol preparat olganligi haqida ham maʼlumotlar keltirilmagan.

AstraZeneca G1ga vaktsinani sinovdan oʻtkazgan koʻngilli oʻlimi boʻyicha rasmiy pozitsiyaga ega emasligi va ushbu maʼlumotga izoh bermasligini maʼlum qilgan.

Anvisa maʼlumotiga koʻra, vaktsinalar sinovi xavfsizligini baholash boʻyicha xalqaro qoʻmita ushbu hodisa boʻyicha oʻtkazilgan tergov ishlaridan ayrim maʼlumotlarni taqdim etgan va sinovlarni davom ettirish taklifini ilgari surgan.

Vaktsinatsiya protiv grippa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
COVID-19ga qarshi kurash oʻrniga Rossiya vaktsinasiga qarshi kurash ketmoqda

Braziliya OAVlari "xalqaro surishtiruv bilan bogʻliq manbalarga tayanib" xabar berishlaricha, COVID-19 asoratlaridan vafot etgan koʻngilli platsebo olgan.

Ushbu holatga Oksfordda izoh berishdi. Xususan, universitet rasmiy vakili vaktsina xavfsizligini, uning sinovlari davom ettirilishini maʼlum qilgan.

"Ushbu masala Braziliyada sinchkovlik bilan oʻrganilgach, klinik sinovlar xavfsizligi borasida tashvish yuzaga kelmadi. Braziliya regulyatori xulosalariga qoʻshimcha ravishda oʻtkazilgan mustaqil surishtiruv ishlari sinovlarni davom ettirishni tavsiya etdi", - deyiladi bayonotda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala