Siyosat

Boriy Alixonov va Narimon Umarov senator etib tayinlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZasedanise senata Oliy Majlis
Zasedanise senata Oliy Majlis - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan “Adolat” va Ekologiya partiyalari rahbarlari senator etib tayinlandi.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining 20 oktyabrdagi farmoni bilan Boriy Alixonov hamda Narimon Umarov Oliy Majlisi Senati aʼzolari etib tayinlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, 20 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari Boriy Alixonov va Narimon Umarovning bergan yozma arizasiga asosan ularning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston prezidentining 2020 yil 20 oktyabrdagi farmoniga asosan hamda Saylov kodeksining 14, 16 va 75-moddalariga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi Boriy Alixonov va Narimon Umarovni Oliy Majlisi Senati aʼzolari etib roʻyxatga olgan.

Senat matbuot xizmati xabariga koʻra, Narimon Umarov Senatning Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi etib saylangan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNarimon Umarov
Boriy Alixonov va Narimon Umarov senator etib tayinlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Narimon Umarov

Boriy Alixonov esa Senatning yangi tashkil etilgan Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi etib saylangan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaBoriy Alixanov, predsedatel Ekologicheskoy partii RUz
Boriy Alixonov va Narimon Umarov senator etib tayinlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Boriy Alixanov, predsedatel Ekologicheskoy partii RUz
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala