Koronavirusni yuqtirib olishning o‘ta xavfli yo‘li aytildi

CC0 / Pixabay / Gerd Altmann / Koronavirus
Koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusni predmetlarni ushlab yuqtirib olish ehtimoli juda past, ammo infeksiyalangan bemor bilan yaqindan va uzoq muloqotda bo‘lish haqiqiy xavf tug‘diradi

COVID-19ni yuqtirib olishning deyarli yagona usuli - infeksiyalangan bilan uzoq va yaqindan muloqotdir. Germaniyaning Bonn universiteti OIV sohasida virusologiya va tadqiqotlar instituti  tadqiqotchilari shunday xulosaga keldilar.

V mobilnoy laboratorii ekspress-testirovaniya  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 64 mingdan oshdi

Keng ko‘lamli tadqiqotlar bir necha hafta davomida 1,4 ming kasallanganlar aniqlangan va 46 kishi vafot etgan Xaynsberg shahrida o‘tkazilgan. Olimlarning ta’kidlashlariga ko‘ra, ular turli sathlarda jonli viruslarni topa olmaganlar.

"Biz eshik tutgichlari, telefonlar yoki hojatxonalardan namunalar oldik, ammo ular asosida laboratoriyada virusni o‘stira olmadik", - deb xulosa qilgan institut rahbari Xendrik Shtreyek matbuot-anjumani davomida, uning so‘zlaridan RTL Today portali iqtibos keltirgan.

Tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdiki, predmetlar bilan kontaktdan keyin kasallanish ehtimoli juda past, ammo shu bilan birga, kasallangan odamlar bilan yaqindan va uzoq muloqot haqiqiy tahdiddir.

"Siz do‘konlarni aylanganingizda bu kasallikni yuqtirib olish ehtimoli u qadar katta bo‘lmaydi. Virusning jiddiy tarqalishi odamlar uzoq vaqt davomida bir-birlariga yaqin bo‘lganliklari natijasi bo‘lgan", - deya ta’kidlaydi institut rahbari.

Yangiliklar lentasi
0