Monopoliyaga qarshi qo‘mita OAVga bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda - UzAuto

Obuna bo‘lish
OAV erkinligi biz uchun hatto u kompaniyamizga qarshi turganda ham mutlaq qadriyat sanaladi - UzAuto Motors” AJ.

TOShKENT, 21 okt - Sputnik. “UzAuto Motors” AJ Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (MQKQ)tomonidan ommaviy axborot vositalaria bosim o‘tkazishga urinmoqda, deb xabar qildi rasmiy bayonotida.

"Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmatining qat’iy talabidan keyin ayrim OAV xolis ma’lumotlart aks etgan maqolalarni o‘z saytlaridan o‘chirib tashlagan, boshqalari e’lon qilingan matnlardan MQKQni qoniqtirmaydigan qismlarini olib tashlab, o‘zgartirishlar kiritgan", - deyilgan xabarda. 

Shuningdek, UzAuto Motors kompaniyasi uchun OAV erkinligi - mutlaq qadriyat ekanini alohida ta’kidlab o‘tishgan.     

"OAV erkinligi biz uchun hatto u kompaniyamizga qarshi turganda ham mutlaq qadriyat sanaladi, zero bu, kamida, voqelik bilan aloqani yo‘qotib qo‘ymaslik va yaxshi tomonga o‘zgarishning yagona yo‘lidir. Biz opponentlarimizga ham bu yondashuvimizdan foydalanishni chin dildan tavsiya qilamiz”, - deydi “UzAuto Motors” AJ yuridik boshqarmasi direktori Rustam Shaymardonov. 

Eslatib o‘tamiz, Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan yil boshida avtomobillar narxi oshirishi asossiz deb baholangan va kompaniyaga narxlarni tushirishga ko‘rsatma bergan edi. UzAuto Motors bunga javoban MQKQ talablari asossiz ekanini qayd etishgan ishni sud tartibida ko‘rib chiqish uchun taaluqli organlarga murojaat qilgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0