Qirg‘iziston MSK takroriy parlament saylovi sanasini belgiladi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishIzbirateli i chlen izbiratelnoy komissii na izbiratelnom uchastke v gorode Bishkek.
Izbirateli i chlen izbiratelnoy komissii na izbiratelnom uchastke v gorode Bishkek.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston parlamentiga takroriy saylovlar 2020-yilning 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu qaror mamlakat MSK tomonidan qabul qilingan.

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi takroriy parlament saylovi 20-dekabr sanasiga belgiladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qilmoqda.

Storonniki premyer-ministra Sadira Japarova na mitinge u gostinisi Issik-Kul v Bishkeke, Kirgiziya - Sputnik O‘zbekiston
Namoyishlardan iste’fogacha: Qirg‘izistonda bo‘lgan voqealar qisqa satrlarda

“Qarorni MSK a’zolari majlisda qabul qildi. Ilgari MSK saylovlarni aynan shu kuni, 20-dekabr kuni o‘tkazishni taklif qilgan edi”, - deyilgan xabarda.

Qirg‘izistonda parlament saylovlari 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. 5 oktabr kuni Bishkekda parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lganlarning norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishlar tezda tartibsizliklarga aylanib ketdi. 6-oktabr kuni MSK saylov natijalarini haqiqiy emas deb topdi.

Yangiliklar lentasi
0