O‘zbek tili doimo mag‘rur yangrasin - Shavkat Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek tili bayrami munosabati bilan, prezident barchaga sog‘lik-omonlik, baxtu saodat va xonadonlarga fayzu baraka tiladi.  

TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi. 

O‘z tabrik so‘zida prezident barchaga sog‘lik-omonlik, baxtu-saodat va xonadonlarga fayzu baraka tiladi.  

"O‘zbek tili bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Barchangizga sog‘lik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. O‘zbek tilimiz hamisha bezavol yashasin, doimo mag‘rur yangrasin!", - deyilgan prezident tabrik so‘zida. 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 1989-yilning 21-oktabrida murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyatda “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi mustaqillik sari qo‘yilgan muhim qadam bo‘lganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Undan tashqari, prezident bugungi kunda dunyoda o‘zbek tilida so‘zlashuvchi odamlar soni 50 million kishini tashkil qilishini, xorijiy davlatlardagi 65ta OTMda o‘zbek tili o‘qitilishini ham ta’kidlab o‘tdi. 

Prezident tabrik so‘zi bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0