Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 64 mingdan oshdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishV mobilnoy laboratorii ekspress-testirovaniya
V mobilnoy laboratorii ekspress-testirovaniya  - Sputnik Oʻzbekiston
Tun davomida yana 98 kishida koronavirus aniqlandi. Shulardan eng koʻpi Namangan va Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Oʻtgan tun davomida Oʻzbekistonda yana 98 kishida koronavirus infektsiyasi aniqlandi. Jami bemorlar soni 64 010 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 22 nafari Namangan viloyatida, 15 nafari Surxondaryo viloyatida, 12 nafari Qashqadaryo viloyatida, 11 nafari Sirdaryo viloyatida, 11 nafari Jizzax viloyatida, 8 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 6 nafari Samarqand viloyatida, 5 nafari Fargʻona viloyatida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 61 068 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 2 408 nafar bemor davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala