Bayden mag‘lubiyatini ruslarga ag‘darish qo‘ldan kelmaydi

© AP Photo/Carolyn KasterKandidat v prezidenti SShA Djo Bayden
Kandidat v prezidenti SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika saylovlarining oxiri ko‘rinib qoldi: bugun Donald Tramp va Jo Bayden oxirgi marta teledebatlar chog‘ida uchrashadi.

Amerika saylovlarining oxiri ko‘rinib qoldi: bugun Donald Tramp va Jo Bayden oxirgi marta teledebatlar chog‘ida uchrashadi. Bu uchrashuvni, aslida, ular hayotidagi so‘nggisi ham bo‘lishi mumkin. Amerikada vaziyat shunday qiziganki, bu ikki shaxsni yana birga ko‘rishni tasavvur qilish juda qiyin. Hatto mo‘’jiza yuz berib, saylovlarda Bayden g‘olib bo‘lganda ham – Tramp shunchaki ovoz berish yakunlarini tan olmasligi va barcha an’analarni buzib, inauguratsiya marosimiga kelmasligi mumkin. Bayden esa aniq Tramp inauguratsiyasiga kelmaydi. Shunday ekan payshanba kuni ular istagan gaplarni aytadigan kun va so‘nggi imkoniyat bo‘ladi. Ular bu imkoniyatdan to‘liq foydalanishadi.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Yaponiyu dlya uchastiya v sammite Gruppi dvadsati - Sputnik O‘zbekiston
Tramp va Putin “oktabr sovg‘asini” hozirladi

Tramp Baydenni jinoiy guruh rahbari deb atab, Joni (o‘g‘li Xanter bilan birgalikda) turmaga tiqishni talab qiladi. Jo turmaga o‘tirmaydi, lekin u saylovlarda mag‘lub bo‘lganda OAV uni “oktabr sovg‘asi” oyog‘idan chalganini yozadi (kuni kecha Xanter kompyuteri qattiq diskidan olingan, sobiq vitse-prezidentni yolg‘on va korrupsiyada fosh etuvchi kompromat). Biroq Bayden bu materiallarsiz ham yutqazgan bo‘lardi. Chunki Trampning qo‘li baland kelishi muqarrar. Lekin qanday qilib axir: so‘rovlar Baydenning katta ustunligini ko‘rsataptiku? Ular uydirma bo‘lishlari mumkin emas axir?

Bo‘lishi mumkin. Chunki har qachongiga qaraganda katta pul tikilgan, Trampga qarshi o‘ynayotgan kishi qodir bo‘lmagan yolg‘on yo‘q. “Men nafaqat Baydenga qarshi nomzodimni qo‘ymayapman, men so‘l OAV, katta texnologiya gigant kompaniyalari ("Feysbuk", "Tvitter", "Gugl") va Vashington botqog‘i“ga qarshi nomzodimni ilgari surapman”, dedi Tramp kuni kecha. Buning tasdig‘i uch boshli mahluqning Bayden oilasiga qarshi paydo bo‘lgan kompromatga bo‘lgan munosabati bo‘ldi. “Nyu-York post”da chop qilingan maqolani bloklashga urinishdi: “Gugl” uni qidirish tizimida topmadi, “Feysbuk” va “Tvitter” uni bo‘lishishga imkoni bermadi. O‘z o‘zidan OAV sharmandali maqolani ko‘rmaslikka urindi, aksariyat siyosatchilar o‘zini hech qanday jiddiy ish bo‘lmagan kabi tutdi. Ya’ni bu uchta kuch o‘z harakati bilan Tramp haqligini tasdiqladi. Shu bilan birga Rossiyaga qarshi ayblovlar ham yangradi – aniqku, Moskva Bayden qarshi kompromatni tashlab qo‘yib, yana Amerika saylovlariga aralashdi.

Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov: Rossiya har qaysi saylangan AQSh prezidenti bilan ishlaydi

Bu haqda nafaqat sharhlovchilar va kongressmenlar, balki maxsus xizmat xodimlari ham gapirishdi. AQSh Milliy razvedkasi direktori Jon Retkliff Bayden noutbukidagi ma’lumot “biror-bir Rossiya dezinformatsiya kampaniyasi qismi emasligini ma’lum qildi”. Biroq ellikta sobiq razvedkachilar (jumladan, yolg‘oni fosh qilingan Retkliffdan oldin shu vazifada ishlgan Jim Klepper) ochiq xat yozishdi va unda tajriba “bizni bu ishda muhim rolni Rossiya hukumati o‘ynagani jiddiy gumonlanishga majburlashini” bayon qilishdi:

“AQShda siyosat maydonda, taxminan, AQSh vitse-prezidentining o‘g‘li Xanter Baydenga taalluqli, ularning aksariyati u Ukraina “Burisma” gaz kompaniyasi rahbariyatida  ishlagan davrga tegishli elektron maktublarning paydo bo‘lishi Rossiya axborot kampaniyasining odatdagi barcha belgilariga ega”.

Ya’ni Rossiyani u Baydenga qarshi kompromatni soxtalashtirganlikda ayblashmayapti (bunday ayblovlar ham yangramoqda aslida), u shunchaki uni tarqatgan. Lekin qanday qilib? Agar, Rudi Juliannining (Tramp advokati va Nyu-York sobiq meri) so‘zlariga ko‘ra, Xanter Bayden kompyuteri qattiq diski ichidagi ma’lumotlar yetti oy oldin FQBga topshirilgan bo‘lsa? Ya’ni Moskva “oktabr sovg‘asini” tayyorlab, bu materiallarni sir tutgan, yoki buni Tramp shtabi va uning maslahatchilari, jumladan, Julianni qilgan? Ha aytmoqchi, Julianni ham Putinga ishlaydiku... Va bu hazil emas: senator kris Merfi ma’lum qilgandek, “bu gal ruslar Amerika fuqarolarini o‘z agentlari sifatida tayyorlashga qaror qilishgan. Ular o‘z propagandasini OAVda tarqatishga urinishmoqda... Bu ularning qo‘lidan keldi ham. Bilasizmi, Rudi Julianni endi, aslida, Rossiya agenti”.

Kandidat v prezidenti SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
AQSh maxsus xizmati: Baydenni navbatdagi ahmoqona nutqini tinglang, — bunga Putin aybdor

Ha, albatta, agar Trampning o‘zi Kreml uchun ishlayotgan bo‘lsa, uning xodimlari va safdoshlari haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Kulgi kulgiyu, lekin vaziyatni aynan shunday ahmoqona baholash va amerikaliklarga “Rossiya aralashishini” sotish Tramp allaqachon g‘olib bo‘lganining yorqin dalilidir. Chunki uning raqiblari to‘liq to‘qib chiqarilgan dunyoda yashashadi – unda ruslar AQShdagi saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatishadi, Trampning Baydendan ortda qolish ikki xonali son bilan hisoblanadi. Ustiga ustak bularning hammasi bir vaqtning o‘zida ro‘y beradi va umuman bir-biriga zid emas.

Biroq haqiqiy dunyoda umuman boshqa narsani kuzatamiz: Trampning mamlakat bo‘ylab tugamas mitinglarida tarafdorlarining olomon bo‘lib yig‘ilishi va Baydenning kam sonli tarafdorlari bilan onda sondagi uchrashuvlarda ishtiyoqning umuman bo‘lmasligi. Trampni hatto ozchillar orasida (masalan, ranglilar va musulmonlar) ham qo‘llab-quvvatlanishi oshmoqda. Trampning “rus aloqasi” dalilining umuman yo‘qligi va Bayden oilasining yolg‘onchiligi va korrupsiyaga yo‘q qo‘yganligining yangi tasdiqlari. Eng asosiysi, haqiqiy dunyoda amerikaliklarning allaqachon o‘z siyosiy elitasidan, “Vashington botqog‘idan” hafsalasi pir bo‘lgani. Aynan shuning uchun Trampga tizimsiz senator Sandres yagona jiddiy muqobil bo‘la olgan bo‘lardi. Aynan tizimsizligi tufayli “Bayden” jamoasi tomonidan saylovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Bayden Trampni AQSh tarixidagi eng yomon prezident deb atadi

Oddiy amerikaliklar haqiqiy dunyoda yashashadi, progaganda dunyosida emas, shuning uchun 3-noyabr kuni bo‘ladigan saylovlar natijasi oldindan ayon. Hatto ovozlarni kerakli “ikkilanayotgan shtalarga” burab qo‘yish urinishlariga qaramasdan.

Soxta dunyo 3-noyabr kuni yutqazadi, hatto voqelikni tan olishdan bosh tortib, nifoq solishni uddalasa ham, lekin hech qayerga yo‘qolmaydi. Uch boshli gidra qasos olish umidida bo‘ladi va u uchun ishlaydi. Ham Amerika, ham keng miqyosda uning ruslarni o‘z muvaffaqiyatsizligida ayblashga to‘liq haqqi bo‘ladi.

Manba: RIA Novosti.

Yangiliklar lentasi
0