Jamiyat

Nosozlik tuzatildi: Turkmanistondan elektr energiyasi importi tiklandi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishRemont linii elektroperedach
Remont linii elektroperedach  - Sputnik Oʻzbekiston
Turkmaniston energetika tizimi mutaxassislari havo tarmogʻidagi nosozliklarni bartaraf etib, Oʻzbekistonga elektr energiyasi eksport amaliyotini tiklashdi.

TOSHKENT, 22 okt — Sputnik. Kecha, 21 oktyabr kuni tonggi  soat 06:52 da Turkmaniston energetika tizimiga qarashli 500 kVli “Serdar-Mari GRES” deb nomlanuvchi yuqori kuchlanishli elektr tarmogʻi favqulodda oʻchgan edi. 

Vыsokovoltnыe linii - Sputnik Oʻzbekiston
Turkmanistondan Oʻzbekistonga kelayotgan elektr tarmogʻida favqulodda oʻchish yuz berdi

Havo tarmogʻi orqali Oʻzbekistonga 750 MVtgacha elektr energiyasi importi yetkazib berilayotgani, sodir boʻlgan nosozlik tufayli Oʻzbekiston energetika tizimida 316 MVt quvvat bilan  isteʼmolchilar vaqtincha tarmoqdan uzilgani, shuningdek, tonggi soat 7:00 dan boshlab elektr stantsiyalardagi mavjud rezerv quvvatlarni oshirish orqali tarmoqdan uzilgan isteʼmolchilarga kuchlanish berish boʻyicha zarur choralar  koʻrilgani haqida xabar bergan. 

Bugun 11:09 da Turkmaniston energetika tizimi mutaxassislari havo tarmogʻidagi nosozliklarni bartaraf etib, Oʻzbekistonga elektr energiyasi eksport amaliyotini tiklashdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala