Pandemiyadan keyingi iqtisod - "Rosneft" rahbarining nutqi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishZam predsedatelya soveta direktorov OAO "NK "Rosneft" Igor Sechin
Zam predsedatelya soveta direktorov OAO NK Rosneft Igor Sechin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Global iqtisodning yangi davri: neft va gaz sohasining rivojlanishi, "yashil" energetika va an’anaviy uglevodorod energetika.

TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Rosneft rahbari Igor Sechin Italiyaning Verona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo iqtisodiy forumida so‘zga chiqib dunyodagi iqtisodiy vaziyat va uglevodorodlar kelajagi haqida gapirdi, RIA Novosti xabariga asosan. 

Sechin nutqining qisqacha tezislari quyidagilar: 

  • dunyo iqtisodiyotidagi bugungi og‘ir vaziyatga qaramasdan neft va gaz bozori 2021-yildan boshlab qayta tiklanishni boshlashi mumkin;
  • Uzoq muddatli kelajakda energiya narxlari iqtisod o‘sish hajmi va SO2 gazlari miqdori tafovuti hamda texnologiyalar rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi; 
  • Iqtisod tiklanishiga xalal berayotgan AQSh va YeI sanksiyalari bundan buyon hech qanday asossiz kiritilishi mumkin - "Shimoliy oqim-2" bunga yaqqol misol bo‘la oladi; 
  • Qayta tiklanadigan energiya manbaalariga tezkor o‘tish, neft va gaz sohalarida investitsiyalar yetishmovchiligi hamda butun dunyoda energiya tashuvchilar narxi oshishiga olib keladi;
  • Qayta tiklanadigan energiya manbaalari tez o‘sib orayotgan talabni qondira olmaydi va hozircha ularning narxi qimmat;
  • Pandemiya energiya sarflashning yangi standartlarini o‘rnatdi, lekin bundan qat’iy nazar kelajakda yanada ko‘proq energiya kerak bo‘ladi, talab ortib boradi;
  • Pandemiya tufayli Xitoyga bosim o‘tkazmasdan, uning tajribasini o‘rganish kerak. Bu pandemiya ikkinchi to‘lqinini oldini olishga yordam bergan bo‘lardi;
  • Pandemiya dunyo iqtisodining bugungi modeli mustahkam emasligini ko‘rsatdi. Bundan buyon ichki bozor hajmi o‘sib boradi.  

Italiyaning Verona shahrida bo‘lib o‘tayotgan XIII Yevroosiyo iqtisodiy forumi Roskongress tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, u neft sohasining kelajagi, pandemiyadan so‘ng iqtisodiyot tiklanishi va boshqa masalalarga bag‘ishlangan.   

Yangiliklar lentasi
0