Madaniyat

Tomoshabinlarning yurak urishi tezlashishiga qarab eng qoʻrqinchli film aniqlandi

CC0 / Nathan Wright / Chelovek prislonilsya k steklyannoy dveri
Chelovek prislonilsya k steklyannoy dveri - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Filmning eng qoʻrqinchi sahnasida tomoshabinlar shunchalik qoʻrqib ketishganki, ularning yurak urishi daqiqasiga 131 martagacha oshib ketgan.

TOSHKENT, 22 okt — Sputnik. Olimlar Xellouin arafasida eng qoʻrqinchli filmni aniqlashdi.

“Forbes” jurnali oʻz saytida maʼlum qilishicha, buning uchun Britaniyaning “BroadbandChoices” kompaniyasi mutaxassislari kinotomoshabinlarining yurak urishini oʻlchashgan.

NA Uzbekkino podpisalo memorandum o sotrudnichestve s rossiyskoy kinokompaniyey Sputnik Vostok Prodakshn po sʼyemkam filma Solntse na vkus - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Rossiya kinokompaniyasi Oʻzbekistonda sarguzasht-fantaziya filmini suratga oladi

Tadqiqotda 2020 yil 15 sentyabridan 30 sentyabrigacha oʻtkazilgan. Unda  turli yoshdagi 50 kishi ishtirok etgan. Olimlar filmdagi xotirjam va qoʻrqinchli sahnalar vaqtida tomoshabinlarning yurak urishi tezlashinini nazorat qilishgan.

Tadqiqot yakunlariga koʻra “Sinister” (“Sinister”, 2012) filmi eng qoʻrqinchli deb topilgan. Bu filmni tomosha qilish vaqtida tomoshabinlar yurak urishi daqiqasiga 86 marta urgan. Bu odatdagiga qaraganda 32 foizga koʻp degani (daqiqasiga 65 marta). Shu bilan birga filmning eng qoʻrqinchi sahnasida tomoshabinlar shunchalik qoʻrqib ketishganki, ularning yurak urishi daqiqasiga 131 martagacha oshib ketgan.

“BroadbandChoices” talqiniga koʻra eng xorror film beshligiga quyidagilar kiritilgan: “Makkor” (“Insidious”, 2010), “Tavba” (“The Conjuring”, 2013), “Reinkarnatsiya” (Hereditary, 2018) va “Gʻalati hodisalar” ("Paranormal Activity", 2007).

Yangiliklar lentasi
0