Sport

Habib amerikalik teleboshlovchini keskin javob bilan boshqa mavzuga oʻtishga majbur qildi

© AFP 2018 / Ethan MillerChempion UFC v legkom vese Xabib Nurmagomedov
Chempion UFC v legkom vese Xabib Nurmagomedov - Sputnik Oʻzbekiston
Konnor Makgregor bilan jang menga qiziq emas, men uni yengib boʻldim, yana nima uchun u bilan ringga chiqishim kerak? - Habib Nurmagomedov.

TOSHKENT, 21 okt - Sputnik. Rossiyalik UFC yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedov Amerikaning ESPN telekanali boshlovchisi bilan boʻlgan onlayn intervda keskin javob bilan boshlovchini boshqa mavzuga oʻtishga majbur qildi

Teleboshlovchining Konnor Makgregor bilan yangi jang borasida birinchi marotaba bergan savoliga Habib ushbu jang unga qiziq emasligini maʼlum qildi.

"Getji - kuchli jangchi, u menga yangi motivatsiya, yaxshi energiya beradi. Konnor bilan jang esa  - men uchun qiziq emas. Men uni allaqachon yengganman. U bilan yana jang qilish ? Nima uchun kerak?", - dedi Habib. 

Teleboshlovchi goʻyoki buni tushunmagandek, koʻpchillik ushbu jangni koʻrishni istaydi, siz esa bundan voz kechmoqdasiz, sabab nimada, degan savoliga Habib keskin javob qaytardi. 

"Hozir men bu "narsa" haqida hatto gapirishni ham istamayman" ("Right now, I don't even want to talk about this s---."), deb javob qaytardi yakkakurash chempioni. 

Shundan soʻng telekanal boshlovchisi boshqa mavzularga oʻtib intervyuni davom ettirdi. 

Eslatib oʻtamiz, 24 oktyabr kuni Habib Nurmagomedov va amerikalik bokschi Djastina Getjiga qarshi oktagonga chiqadi. Abu Dabi shahrida boʻlib oʻtadigan jangda Habib yengil vazn boʻyicha chempionlik kamarini himoya qiladi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala