Jamiyat

Oʻzbekistonda COVID-19 ga qarshi Xitoy vaktsinasining klinik sinovlari oʻtkaziladi

© AP Photo / Sakchai LalitVaktsina ot COVID-19 vo vremya testirovaniya v issledovatelskom tsentre vaktsin
Vaktsina ot COVID-19 vo vremya testirovaniya v issledovatelskom tsentre vaktsin - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoy kompaniyasi vaktsinasining klinik sinovlari 18 va undan katta yoshdagi koʻngilli insonlarda oʻtkazilishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 22 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi Xitoy vaktsinasining klinik sinovlari oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, koronavirusga qarshi rekombinant vaktsinaning klinik sinovlarini Oʻzbekistonda tashkil etish masalasi boʻyicha Xitoy Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti va “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar oʻtkazilgan.

Pandemiyaga uch marta zarba: Rossiyada koronavirusga qarshi 3-chi vaktsinani sinovlari boshlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Rossiyada "korona"ga qarshi 3-vaktsina yaratildi - video

Muzokaralar davomida oʻtkaziladigan klinik sinovlarning barcha bosqichlari muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, Oʻzbekiston ushbu vaktsinani birinchilardan boʻlib hamda arzon narxlarda xarid qilishda ustuvorlikka ega boʻlishi taʼkidlangan.

Shuningdek, xitoylik hamkorlar bilan emlash jarayonini tashkil etish, jarayonga tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama qilingan. Klinik sinovlar 18 va undan katta yoshdagi koʻngilli insonlarda oʻtkazilishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston “Vektor” markazi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaktsina sinovlarida ishtirok etishga qiziqish bildirgan edi. Markazning “EpiVakKorona” nomli vaktsinasi 14 oktyabr kuni roʻyxatga olindi. Bu koronavirusga qarshi Rossiyaning ikkinchi vaktsinasidir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala