O‘zbekistonda koronavirus: 23-oktabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik okazivayet pomosh patsiyentu s COVID-19
Meditsinskiy rabotnik okazivayet pomosh patsiyentu s COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 206 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 724 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Spetsialist po ximii Shukriddin Ganiyev - Sputnik O‘zbekiston
Shotut sirkasi koronavirusni davolashda yordam beradimi?

Bir sutka davomida 206 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 724 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 80 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 223 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 61 957 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.

Ayni paytda 2 225 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 542 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Perchatki dlya passajirov metro v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 22-oktabr asosiy xabarlari

Takroran yuqtirib olish

O‘zbekistonda COVID-19ni takroran yuqtirib olish holatlari mavjud, deb ma’lum qildi SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva.

“COVID-19 – bu yangi infeksiya. Organizmda bu virusga qarshi antitanacha ishlab chiqariladi. Ammo antitanachalar qanchalik chidamli, qayta zararlanish mumkinmi va bu holat qancha muddat davomida yuz berishi aniq emas. Hozirgi kunda bu muammo o‘rganilib borilmoqda.

Bugungi kunda respublikamizda koronavirus bilan qayta zararlanish holatlari ham mavjud. Biz qayta zararlanish holatlari kuzatilishi mumkinligiga ilmiy tomonlama amin bo‘lishimiz lozim”, – dedi shtab a’zosi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 41,9 milliondan oshdi, 1,1 million ortiq kishi vafot etdi, 31,2 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (8,7 mln), Hindistonda (7,8 mln), Braziliyada (5,3 mln).

Yangiliklar lentasi
0