O‘zbekistonda millioner viloyatlar soni ko‘paydi

© UzbekturizmNavoi. "Kasim Shayx"
Navoi. Kasim Shayx - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navoiy viloyatining doimiy aholisi soni 1 009,3 ming kishini tashkil etib, respublikadagi aholisi soni milliondan ko‘p bo‘lgan viloyatlar qatoriga kirdi.

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. O‘zbekistonda millioner viloyatlar soni yana bittaga ko‘paydi.

Meditsinskiy rabotnik okazivayet pomosh patsiyentu s COVID-19  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 23-oktabr asosiy xabarlari

1 oktabr holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatining doimiy aholisi soni 1 009,3 ming kishini tashkil etib, respublikadagi aholisi soni milliondan ko‘p bo‘lgan viloyatlar qatoriga kirdi.

Sirdaryo viloyatining doimiy aholisi soni esa 856,9 ming kishini tashkil etib, respublikadagi aholisi soni milliondan kam yagona viloyat bo‘lib qolmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, doimiy aholi sonining hududlar bo‘yicha taqsimlanishi: Samarqand viloyati – 3928,7 ming kishi; Farg‘ona viloyati – 3802,7 ming kishi; Qashqadaryo viloyati – 3318,0 ming kishi; Andijon viloyati – 3172,1 ming kishi; Toshkent viloyati – 2977,8 ming kishi; Namangan viloyati – 2852,3 ming kishi; Surxondaryo viloyati – 2667,3 ming kishi; Toshkent shahri – 2654,6 ming kishi; Buxoro viloyati – 1939,6 ming kishi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1916,1 ming kishi; Xorazm viloyati – 1884,1 ming kishi; Jizzax viloyati – 1403,2 ming kishi; Navoiy viloyati – 1009,3 ming kishi; Sirdaryo viloyati – 856,9 ming kishi.

Yangiliklar lentasi
0