Bank siri: bojxona qo‘mitasi qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lgan loyiha bo‘yicha izoh berdi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishRabota kommercheskix bankov
Rabota kommercheskix bankov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat bojxona qo‘mitasi bank siriga oid ma’lumotlarni olish vakolati bo‘yicha qonun loyihasi yuzasidan munosabat bildirdi.

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lgan “Bank siri to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi yuzasidan izoh berdi.

Pismennie prinadlejnosti - Sputnik O‘zbekiston
Bir qator hududiy bojxona boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi

Loyihada bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olish vakolati muayan shartlarda bojxona xizmati organlariga ham taqdim etilishi taklif qilingandi.

Ta’kidlanishicha, “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da bojxona organlariga banklardan bank mijozi bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) ishtirokchisiga tegishli ma’lumotlarni olish huquqini beruvchi qonun loyihasini ishlab chiqish belgilangan.

“O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonuni 7-moddasida bojxona organlari banklardan, moliya organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash hamda olish huquqiga ega.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi qonuni 9-moddasi talablariga muvofiq, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mavjud bo‘lgan taqdirda yetkazilgan zarar undirib olinishini yoki uning mol-mulki xatlanishini ta’minlash maqsadida tergovchi yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga binoan prokuror sanksiyasi bilan taqdim etilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, davlat bojxona xizmati organlari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ hisoblanadi.

Shu bilan birga, bojxona organlariga tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan keyin bojxona nazoratining shakli sifatida bojxona auditini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

Xorijiy davlatlarda, xususan, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Gollandiya, Janubiy Koreya va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeII – Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya) bojxona auditini o‘tkazish amaliyoti banklardan, kredit-moliyaviy va bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlardan ma’lumotlarni olish huquqi mavjudligini ko‘rsatadi.

Jumladan, YeII Bojxona kodeksining 335-moddasida bojxona organlari mansabdor shaxslari bojxona tekshiruvini amalga oshirish uchun banklardan, kredit-moliya tashkilotlaridan bank sirini saqlagan holda ma’lumotlarni olish huquqiga ega ekani belgilangan.

Vstrecha s predstavitelyami Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii vo glave s zamestitelem Predsedatelya Pravitelstva A. Overchukom - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston soliq, bojxona va kadastr tizimlarini muhokama qilishdi

Shuningdek, Jahon banki ekspertlari tomonidan tovarlar chiqarib yuborilgandan keyingi bojxona nazoratini (bojxona auditi) amalga oshirilishini ta’minlashda sayyor tekshiruvlar sonini minimallashtirish maqsadida banklardan bank mijozi bo‘lgan TIF ishtirokchilari haqida o‘zaro ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish va ularni tahlil qilish yuzasidan tavsiyalar berilgan”, – deyiladi DBQ bayonotida.

Qayd etilishicha, “Bank siri to‘g‘risidagi qonunga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishdan asosiy maqsad – bojxona organlarida mavjud ma’lumotlar asosida TIF ishtirokchilarining moliyaviy barqarorligi, halolligi va qonunga itoatkorlik darajasini baholash tizimini takomillashtirish orqali ularga nisbatan soddalashtirilgan bojxona nazorati shakllarini keng qo‘llash, shuningdek, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0