Jamiyat

Oʻqituvchilarning oylik maoshi 10 milliongacha oshiriladi - Shermatov

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik Oʻzbekiston
Xalq taʼlimi vazirining taʼkidlashicha, sinf rahbarlarining oylik maoshlari 1,5 baravarga oshiriladi. 2024 yilga qadar esa yuqori natijalarga erishgan pedagoglarning oylik maoshi 15 baravargacha oshiriladi.

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. Xalq taʼlimi vaziri Sherzot Shermatovning maʼlum qilishicha, sinf rahbarligi uchun toʻlovlar 1,5 baravarga oshiriladi. Bu haqda vazir 24 oktyabr kuni AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi. 

Alisher Sultanov, ministr energetika RUz - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston energetika sohasiga eng ilgʻor tajribalar joriy etiladi - Alisher Sultonov

Qayd etilishicha, yaqin kunlarda mamlakatdagi taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantirish masalasida Oʻzbekiston prezidenti Farmoni loyihasi qabul qilinadi. Unga koʻra,  metodistlarning ish haqi miqdori oliy toifali oʻqituvchining bazaviy taʼrif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

2024 yilga qadar esa yuqori natijalarga erishgan pedagoglar oylik maoshi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 15 baravarigacha bosqichma-bosqich oshirib boriladi.  

Bundan tashqari bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan umumtaʼlim muassasalarining rahbarlari ragʻbatlantirilib, Xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblarining oʻqituvchilariga toʻgʻridan-toʻgʻri oliy malaka toifasi beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala