Dunyoda

Afgʻonistonda “Al-Qoida”* yetakchilaridan biri yoʻq qilindi

© MOHAMMAD ISMAILAfganskiy voyennыy s pulemetom
Afganskiy voyennыy s pulemetom - Sputnik Oʻzbekiston
“Reyter” agentligining xabar qilishicha, al-Masri AQSH FQBning eng koʻp qidirilayotgan terrorchilar roʻyxatida boʻlgan.

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Afgʻonistonda “Al-Qoida”* terrorchilik tashkilotining yetakchilaridan biri yoʻq qilindi. Bu haqda RIA Novosti “TOLO News” telekanaliga tayangan holda xabar qilmoqda.

“... Al-Qoida”* rahbari Abu Muhsin al-Masri Gʻazni provintsiyasi Andar tumanidagi Afgʻoniston kuchlari amaliyoti vaqtida yoʻq qilingan”, - deyilgan xabarda.

“Reyter” agentligining xabar qilishicha, al-Masri AQSH FQBning eng koʻp qidirilayotgan terrorchilar roʻyxatida boʻlgan.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala