Eron Armaniston va Ozarbayjon bilan chegara yaqinida mashg‘ulot o‘tkazdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashiy armii Irana
Voyennoslujashiy armii Irana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Eron armiyasi bu Qorabog‘ mojarosi hududida keskinlik oshishi va to‘qnashuvlar bilan bog‘liq yoki yo‘qligiga oydinlik kiritmagan.

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Eronning quruqlikdagi qo‘shinlari Armaniston va Ozarbayjon bilan chegaraoldi hududlarda mashg‘ulot o‘tkazdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Flag Irana - Sputnik O‘zbekiston
Eron Armaniston va Ozarbayjonga norozilik notasini yubordi

“Mamlakatning shimoliy-g‘arbiy chegaraoldi hududlarida quruqlikdagi qo‘shinlarning mashg‘ulotlari o‘tkazildi”, - deyiladi Eron armiyasi matbuot xizmati xabarida. Xabarda mashg‘ulotlar maqsadi kuchlarni namoyish etish va jangovar shaylikni oshirish ekanini ta’kidlangan.

Mashg‘ulotlarda piyodalar bo‘linmalari, artilleriyalar hamda uchuvchisiz uchish qurilmalar ishtirok etgan.

Harbiylar qaysi mamlakatlar bilan chegaralar yaqinida mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tganiga aniqlik kiritishmagan, ammo Eron shimol-g‘arbda, jumladan, Turkiya, Armaniston va Ozarbayjon bilan chegaradosh.

Shuningdek, Eron armiyasi bu Qorabog‘ mojarosi hududida keskinlik oshishi va to‘qnashuvlar bilan bog‘liq yoki yo‘qligiga oydinlik kiritmagan.

Yangiliklar lentasi
0