Habib Nurmagomedov Jastin Getji bilan jangda g‘alaba qozondi

© REUTERS/Christopher PikeXabib Nurmagomedov
Xabib Nurmagomedov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Habib Nurmagomedov Jastin Getji bilan jangda g‘alaba qozondi va uchinchi marta yengil vaznda UFC kamarini himoya qildi.

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Bugun Abu-Dabidagi UFC 254 musobaqasi o‘tkazildi. Unda rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov amerikalik jangchi Jastin Getji bilan kechgan jangda g‘alaba qozondi.

Rossiyalik jangchi ikkinchi raundda amerikalik sportchini mag‘lubiyatga uchratdi. Nurmagomedov yengil vaznda UFC chempionligini himoya qildi.

Nurmagomedov aralash yakkakurash yo‘nalishidagi karyerasida 29 jang o‘tkazdi, ularning barchasida g‘alaba qozondi.

Nurmagomedov bu uning so‘nggi jangi ekanligini e’lon qildi.

“Onam otamsiz jang qilishimni istamagandilar, men bu mening oxirgi jangim bo‘ladi deb va’da berdim”, - dedi Nurmagomedov.

Yangiliklar lentasi
0