Jamiyat

Maktab bitiruvchilarining 6 yillik baholari OTMga kirishda inobatga olinadi

© AFP / YURI KORSUNTSEVUzbekskiye studentы sdayut vstupitelnыe ekzamenы pod otkrыtыm nebom v Tashkente
Uzbekskiye studentы sdayut vstupitelnыe ekzamenы pod otkrыtыm nebom v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Xalq taʼlimi vaziri Oʻzbekistonda maktab bitiruvchilarining 6 yillik baholari OTMga kirish imtihonida inobatga olinishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda maktab bitiruvchilarining 6 yillik baholari OTMga kirish imtihonida inobatga olinadi. Bu haqda xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov AOKAdagi matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Koshelek s dengami - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻqituvchilarning oylik maoshi 10 milliongacha oshiriladi - Shermatov

Shermatovning taʼkidlashicha, bu prezident topshirigʻi va farmon loyihasida oʻz aksini topadi.

“Oʻquvchi maktabda 11 yil oʻqiyapti, lekin taqdiri bir kunda hal boʻlyapti. Balki, oʻsha kuni kasal boʻlgandir, balki yaxshi uxlamagandir. Shu bois Prezidentimiz bu boʻyicha topshiriq berganlar, oʻquvchilarning maktabda olgan baholari, yaʼni oxirgi olti yillik natijalari inobatga olinadi”, — vazir.

Qayd etilishicha, 7-sinf bitiruvchilarini professional tashxislash orqali kasbiy moyilligi aniqlanadi. Umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari uchun kichik mutaxassisliklar boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilinadi, maktab bitiruvchilari shugʻullanishi mumkin boʻlgan kasb va lavozimlar belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala