Dunyoda

Izolyator oʻzgardi: Atambayev ochlik eʼlon qildi

© REUTERS / Vladimir Pirogov"Ne dali vzyat jivыm ili mertvыm": Atambayev sdelal zayavleniye
Ne dali vzyat jivыm ili mertvыm: Atambayev sdelal zayavleniye - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev MXDQ izolyatoridan poytaxtdagi 1-tergov izolyatoriga olib oʻtilgani sababli ochlik eʼlon qildi.

TOSHKENT, 26 okt — Sputnik. Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining hibsxonasidan poytaxtdagi 1-tergov izolyatoriga koʻchirilishi munosabati bilan ochlik eʼlon qildi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev RIA Novostiga maʼlum qildi.

Premyer-ministr Kirgizii Sadыr Japarov  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Japarov Qirgʻiziston prezidenti saylovlarida nomzodini ilgari suradi
"U SIZO-1ga oʻtkazildi. Shu munosabat bilan u ochlik eʼlon qildi", - dedi advokat.

MXDQ SIZO - Qirgʻiziston maxsus xizmatlari binosidagi tergov izolyatori hisoblandi. Odatda korruptsiyada gumon qilgan yuqori lavozimli mansabdor shaxslar, jamoat va milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi shaxslar, Davlat qoʻmitasi xodimlari tomonidan ushlangan - terrorchilar, ekstremistlar, chet ellik yollanma jinoyatchilar joylashtiriladi.

SIZO-1 - Bishkek markazidagi tergov hibsxonasi boʻlib, u yerda poytaxt va Chuy viloyatida jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslar saqlanadi.

6 oktyabrga oʻtar kechasi tartibsizliklar sharoitida sobiq prezident tarafdorlari tomonidan Milliy xavfsizlik idorasi qamoqxonasidan ozod qilingandi. Biroq, 10 oktyabr kuni u yana maxsus xizmat xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala