Jamiyat

Sputnik V vaktsinasi 85 % odamlarda yengil qabul qilinmoqda - Gintsburg

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishBrifing, posvyaщennыy pervoy v mire zaregistrirovannoy vaktsine ot COVID-19
Brifing, posvyaщennыy pervoy v mire zaregistrirovannoy vaktsine ot COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Sputnik V - vaktsinasini taxminan 15% odamlarda tana harorati oshishi, bosh ogʻrigʻi va mushakllar ogʻrishi qayd etilgan. Qolganlarda - hech qanday salbiy taʼsir sezilgani yoʻq.

TOSHKENT, 26 okt - Sputnik. "Sputnik V" vaktsinasi 85 % odamlar tomonidan hech qanday salbiy taʼsirsiz qabul qilinmoqda, dedi Gamaleya nomidagi NITSEM direktori Aleksandr Gintsburg "Rossiya 24" telekanali efirida. 

"Vaktsinatsiya qilinayotgan kishilarning taxminan 15%ida vaktsinaning qoʻshimcha salbiy taʼsiri sezilmoqda. Qolgan 85% - odamlar tomonidan hech qanday salbiy taʼsirsiz va qoʻshimcha noqulayliklarsiz qabul qilinmoqda", - dedi Gintsburg.

"Sputnik V" vaktsinasining salbiy taʼsiri sifatida tana harorati 38 gradusga oshishi, bosh ogʻrigʻi, mushaklar ogʻrishi, ukol qilingan joyining qizarishi kuzatilmoqda. 

Eslatib oʻtamiz, "Sputnik V" - koronavirusga qarshi dunyoda birinchi yaratilgan vaktsina boʻlib, u 11 avgust kuni Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligida roʻyxatdan oʻtgan edi. Vaktsina odam adenovirusi asosida yaratilgan boʻlib, ikki bosqichda inson tanasiga kiritiladi. Vaktsina yaratuvchilari uni koronavirusga qarshi 100% samarali deb taʼriflashmoqda. Vaktsina bolalar va 65 yoshdan kattalar, shuningdek allergiyasi bor, surunkali kasalligi bor kishilarga tavsiya etilmaydi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala