Dunyoda

Japarov Qirgʻiziston prezidenti saylovlarida nomzodini ilgari suradi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishPremyer-ministr Kirgizii Sadыr Japarov
Premyer-ministr Kirgizii Sadыr Japarov  - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov saylovlarda ishtirok etish uchun dekabr oyida prezident vakolatlarini zimmasidan soqit qilmoqchi.

TOSHKENT, 26 okt — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Sadir Japarov davlat rahbari lavozimiga oʻz nomzodini ilgari surishini maʼlum qildi.

Premyer-ministr Kirgizii Sadыr Japarov - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻiziston prezidenti v.b. Japarov ilk xorijiy tashrif bilan Rossiyaga bormoqchi

Japarovning soʻzlariga koʻra, buning uchun u dekabrda isteʼfoga chiqishni rejalashtirmoqda.

“Men boshqalar qatori saylovlarda ishtirok etaman. Agar gʻalaba qozonsam prezident boʻlaman, boʻlmasa barcha kabi oddiy fuqaro boʻlaman”, - dedi Japarov. Uning soʻzlaridan Sputnik Qirgʻiziston iqtibos keltirgan.

Qirgʻizistonda muddatidan avvalgi prezident saylovlari 2021 yil 10 yanvar kuni boʻlib oʻtadi. Mamlakat Konstitutsiyasiga binoan prezident v.b. oʻz nomzodini ilgari surish huquqiga ega emas.

Avvalroq Japarov agar qonunchilikka tegishli oʻzgartirish kiritilsa, prezident saylovlarida ishtirok etishga tayyorligini maʼlum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala