Jamiyat

Guanchjou shahrida Oʻzbekistonning Bosh konsulxonasi ochildi

© Press-slujba MID UzbekistanaV kitayskom gorode Guanchjou otkrыlos Genkonsulstvo Uzbekistana
V kitayskom gorode Guanchjou otkrыlos Genkonsulstvo Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoyning Guanchjou shahrida Oʻzbekiston Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Guandun, Futszyan, Xunan, Xaynan provintsiyalari hamda Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom tumani ushbu Bosh konsulxona okrugiga kiradi.

TOSHKENT, 27 okt — Sputnik. Xitoyning Guanchjou shahrida Oʻzbekiston Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Flag Kitaya - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston yillik Xitoy investitsiyalarini 5 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

Oʻzbekiston elchisi Baxtiyor Saidov Bosh konsulxonaning ochilishi Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni rivojlantirish, barcha sohalarda amaliy hamkorlik koʻlamini kengaytirish, eng avvalo, Oʻzbekiston viloyatlari va Xitoy janubiy provintsiyalari oʻrtasidagi oʻzaro tovar almashuv hajmlarini koʻpaytirishga qoʻshimcha turtki berishini qayd etdi.

Yirik sanoat, moliya va transport markazi boʻlgan Guanchjou shahri mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, transport kommunikatsiyalari singari va boshqa sohalardagi hamkorlikning mustahkamlanishida juda muhim oʻrin tutishi qayd etildi.

Guandun, Futszyan, Xunan, Xaynan provintsiyalari hamda Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom tumani ushbu Bosh konsulxona okrugiga kiradi.

Marosim doirasida Oʻzbekistonning sarmoyaviy, eksport va sayyohlik salohiyati taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala