Rossiya Su-27 qiruvchisi Fransiya bombardimonchilarini to‘xtatib qoldi

© AP Photo / Jacques brinonIstrebitel-bombardirovshik Mirage 2000 VVS Fransii
Istrebitel-bombardirovshik Mirage 2000 VVS Fransii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Su-27 qiruvchisi Qora dengiz ustida Fransiya HHKga qarashli ikkita qiruvchi-bombardimonchisini to‘xtatib qoldi.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiyaning Su-27 qiruvchisi Qora dengiz ustida Fransiya HHKga qarashli ikki dona Mirage 2000 qiruvchi-bombardimonchisini to‘xtatib qoldi.

26 oktabr kuni Janubiy harbiy okrugi  havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Qora dengiz ustidan davlat chegarasiga yaqinlashib kelayotgan 2ta havo nishonini aniqladi.

Samolyotlarni aniqlash va Rossiya davlat chegarasi buzilishini oldini olish uchun Su-27 qiruvchisi havoga ko‘tarildi.

Rossiya qiruvchisi ekipaji Fransiya harbiy-havo kuchlarining ikkita Mirage 2000 qiruvchi-bombardimonchisi ekanligini deb aniqladi va ularni Qora dengiz bo‘ylab kuzatdi.

Chet el harbiy samolyotlari Rossiya chegarasidan ortga qaytganidan so‘ng, Su-27 bazaga qaytib keldi.

Su-27 parvozi havo hududidan foydalanish bo‘yicha xalqaro qoidalarga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi va Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasini buzilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Yangiliklar lentasi
0